O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasi


XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik



Yüklə 490,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/39
tarix10.12.2023
ölçüsü490,56 Kb.
#139056
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
constitution oz

XXVII bob. Mudofaa va xavfsizlik 
152-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat 
suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun 
tuziladi. 
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi. 
153-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli 
Kuchlariga ega. 
OLTINChI BO‘LIM. KONSTITUTSIYANI O‘ZGARTIRISh TARTIBI 
154-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar tegishincha 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari 
umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan 
konstitutsiyaviy qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi. 
Ushbu Konstitutsiya 
1-moddasining 
va ushbu modda 
ikkinchi qismining 
qoidalari qayta 
ko‘rib chiqilishi mumkin emas. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunda uning normalarini, shuningdek Konstitutsiyaning normalarini 
qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari nazarda tutilishi mumkin. 
155-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida 
Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani 
hisobga olgan holda konstitutsiyaviy qonun qabul qilishi mumkin. Agar O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Konstitutsiyani o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan 
keyingina qayta kiritilishi mumkin. 
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2023-y., 03/23/837/0241-son) 

Yüklə 490,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin