O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi



Yüklə 77,84 Kb.
səhifə22/28
tarix02.04.2023
ölçüsü77,84 Kb.
#124712
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28
Konstitutsiya

102-modda.
Vakillik va ijroiya hokimiyatini tegishliligiga qarab viloyat, tuman va shahar hokimlari boshqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Viloyat va Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qonunga muvofiq tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
(102-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-apreldagi O‘RQ-89-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 15-son, 152-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tuman va shaharlarning hokimlari viloyat, Toshkent shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(102-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(102-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-avgustdagi O‘RQ-439-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 35-son, 914-modda)
Tumanlarga bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
(102-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)
103-modda.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari o‘z vakolatlarini yakkaboshchilik asoslarida amalga oshiradilar va o‘zlari rahbarlik qilayotgan organlarning qarorlari va faoliyati uchun shaxsan javobgardirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga viloyat, tuman, shahar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi, ular bo‘yicha xalq deputatlari Kengashi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
(103-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 16-apreldagi O‘RQ-366-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 16-son, 176-modda)
Hokimlarning va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining faoliyatini tashkil qilish, ularning vakolat doirasini va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarini saylash tartibi qonun bilan belgilanadi.
104-modda.
Hokim o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududdagi barcha korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi.
105-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaharcha, qishloq va ovullarda, shuningdek ular tarkibidagi mahallalarda hamda shaharlardagi mahallalarda fuqarolarning yig‘inlari o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘lib, ular raisni (oqsoqolni) saylaydi.
(105-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktabrdagi O‘RQ-498-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 03/18/498/2051-son)
O‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish hamda vakolat doirasi qonun bilan belgilanadi.

Yüklə 77,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin