O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi



Yüklə 77,84 Kb.
səhifə25/28
tarix02.04.2023
ölçüsü77,84 Kb.
#124712
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Konstitutsiya

110-modda.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va ma’muriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi.
(110-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-426-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 213-modda)
U tomonidan qabul qilingan hujjatlar qat’iy va O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida bajarilishi majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega.
(110-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-426-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 213-modda)
(110-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
111-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi.
(111-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi O‘RQ-426-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 14-son, 213-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
112-modda.
Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bo‘ysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Sudyalarning daxlsizligi qonun bilan kafolatlanadi.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati bo‘lishi mumkin emas.
Sudyalar siyosiy partiyalarning a’zosi bo‘lishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa biron-bir faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Sudya vakolat muddati tugagunga qadar sudyalik vazifasidan qonunda ko‘rsatilgan asoslar bo‘lgandagina ozod etilishi mumkin.
(112-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 24-apreldagi 470-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 27-modda)

Yüklə 77,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin