O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish insitututi malakaviy loyiha ishi mavzu



Yüklə 3,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix26.11.2023
ölçüsü3,42 Mb.
#136335
  1   2
inovatsiya



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM
VAZIRLIGI 
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA 
MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING
MALAKASINI OSHIRISH INSITUTUTI 
MALAKAVIY LOYIHA ISHI
Mavzu : Tarbiyachining dars mashg’ulotlarida
inavotsion yondashuvi . 


Reja: 
1. Mashg`ulotlarini yangi shakl va texnologiyalarga muvofiq 
tashkil qilish. 
2. Innovatsiya – maqsadga yo`naltirilgan o`zgartirishlar. 
3. Ilmiy–tadqiqot natijalariga ko`ra innovatsiyalarning turlari. 


Ular mashg‟ulot jarayonida 
ma‟lum o„zgarishlarga, ta‟lim 
mazmuni, sifati boyishiga va 
samarali tashkil etilishiga 
sabab bo„ladigan turli 
tashabbus va yangiliklarning 
yaxlit tizimida namoyon 
bo„ladi. 


Ilm, fan va texnikaning jadal 
rivojlanishi, yangi texnika va tex-
nologiyalarning jamiyatning 
barcha qatlamlariga kirib borishi, 
axborot texnologiyasi 
vositalarining barcha davlat va 
nodavlat muassasalarida 
qo„llanilishi tarbiyachilardan 
uzluksiz bilim olishni talab 
qilmoqda. 


Maktabgacha ta`lim bilimlarning 
poydevori 
ekanligini 
inobatga 
olgan holda, bu jarayonni zamon 
talablariga mos holda, innovatsion 
texnologiyalar 
asosida 
tashkil 
qilish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Mashg`ulotlarini yangi shakl va 
texnologiyalarga muvofiq tashkil 
qilish va o`tkazish, o`z pedagoglik 
faoliyatlariga 
innovatsion 
yondashuvni taqozo etadi.


Innovatsiya nima?
Innovatsiya – inglizcha innovation “kiritilgan yangilik, ixtiro” 
degan ma`nolarni anglatadi.
Innovatsiya – maqsadga yo`naltirilgan o`zgartirishlar bo`lib, 
ma`lum bir ijtimoiy birlikka – muassasa, uyushma, jamoa va 
guruhlarga yangi va nisbatan barqaror bo`lgan elementlarni, 
umumiy holda xalqning ma`naviy-madaniy munosabatlari va 
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bog`liq 
bo`lgan yangiliklarni kiritishdir. 


Innovatsion texnologiyalar –mashg‟ulot jarayon hamda tarbiyachi 
va tarbiyalanuvchilar faoliyatiga yangilik, o`zgarishlar kiritish 
bo`lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan 
foydalaniladi. Bugungi kunda maktabgacha ta`lim jarayonida 
qo`llaniladigan innovatsion texnologiyalarni qo`llashdan maqsad, 
tarbiyalanuvchilarni mustaqil, erkin, fikrlashga o`rgatish, 
shuningdek, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashga o`rgatishdan 
iborat.


Donolar deydilarki, “O`zini kamol 
toptira olmagan inson, o`zgalar 
kamolotini ta`minlay olmaydi”. 
Shunday ekan, mashg‟ulot
jarayonini innovatsion 
texnologiyalar asosida tashkil 
qilish uchun avvalombor, 
tarbiyachilarning o`zi, zamon 
talabini chuqur anglashi, 
innovatsion texnologiyalarni 
muakammal o`zlashtirishi va 
amaliyotda tatbiq etish yo`llarini 
bilishi lozim. Zero, zamonaviy 
tarbiyachi– kelajakning 
bunyodkori, yangi pedagogik 
texnologiyalarning muallifi, 
tatqiqotchisi, targ`ibotchisidir.


Innovatsion jarayon – yangilik yaratish va ularni o`zlashtirish 
hamda 
ta`lim 
muassasasi 
amaliyotida 
samarali 
qo`llash. 
S.T.Turg`unov, 
B.X.Daniyarov, 
D.M.Otajonovalarning 
muallifligidagi “Tarbiyalanuvchilarning kasbiy kompetentliligini 
rivojlantirishda ta`lim muassasasi rahbarlarining funksional 
vazifalari” nomli 
o`quv qo`llanmada innovatsion jarayon 
innovatsiyalarni vujudga keltirish, amaliyotga tatbiq etish va 
ommalashtirish 
faoliyatlari 
bilan 
bog`liqligi 
ta`kidlangan. 
Shuningdek, 
innovatsion 
salohiyatiga 
ko`ra 
yangiliklar; 
modernizatsiya, faoliyatni takomillashtirish, shaklan o`zgartirish, 
rivojlantirish bilan bog`liq bo`lgan modifikatsion innovatsiyalar; 
oldindan ma`lum bo`lgan metodlar elementlarining yangi tizimga 
birikishini nazarda tutuvchi birikkan innovatsiyalar; o`xshashlik va 
umumiylikka ega bo`lmagan radikal innovatsiyalar mashg‟ulot
jarayonlar samaradorligining asosi sifatida belgilanadi.


Ilmiy–tadqiqot natijalariga ko`ra innovatsiyalarning quyidagi 
turlari ajratilgan:
- texnik-texnologik (ishlab chiqarishning yangi vositalari va yangi 
texnologiyalar) bu yangiliklardan muassasa xodimlari salbiy 
holatlarni kutishmaydi;
- tashkiliy-boshqaruv (jamoani boshqarishning yangi tizim va 
metodlari, faoliyatning yangicha nazorati);
- ijtimoiy-iqtisodiy (yangi materialli rag`bat, mehnatga haq 
to`lash tizimi).


Innovatsion mashg‟ulotni 
yaxshi o„zlashtirilishi va 
amalga oshirilishi 
natijasida tarbiyachini 
ham, tarbiyalanuvchini 
ham o„z ehtiyojlari asosida 
individual dasturlar 
tuzishni o„rganish bilan 
birga ta‟lim mazmunining 
dolzarbligiga hamda 
pedagogik jarayonning 
natijaliligiga erishishlari 
mumkin. 
Yaxshi, ilmiy asoslangan 
innovatsion mashg‟ulot - 
bu pedagogik mahorat 
asosini tashkil etadi. 


“Innovatsion ta‟lim” deganda odatda o„quv jarayoniga yangi 
(foydali) elementlar olib kirish tushuniladi. Shuning uchun ta‟lim 
tizimida innovatsiya o„zgartirish bilan bevosita bog„liq. Bunday 
o„zgartirishlar ta‟lim tizimining:
maqsadiga, mazmuniga, metod, texnologiyasiga, tashkil etish 
shakli va boshqaruv tizimiga;
pedagogik faoliyatdagi o„ziga xoslik va o„quv-bilish jarayonini 
tashkil etishga;
ta‟lim darajalarini nazorat qilish va baholash tizimiga;
o„quv-metodik ta‟minotiga;
tarbiyaviy ishlar tizimiga;
o„quv reja va o„quv dasturlariga;
tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatiga bog„liq


STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam 
o„rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, 
tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini 
rivojlantirish va liderlik, o„z-o„zini namoyon qilish asoslarini o„rganishadi, 
o„z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta‟minlaydi. 
STEAM 
(S-fan, T-texnologiya, E - muhandislik, A - san‟at, M - matematika) 
- ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san‟at va matematikani birlashtiruvchi 
zamonaviy yondashuv. 

Yüklə 3,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin