O‘zbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari va mutaxsislarini tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Bolalarni masalalar yechishga o‘rgatish



Yüklə 215,05 Kb.
səhifə2/12
tarix08.11.2023
ölçüsü215,05 Kb.
#131319
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Раззакова Нигора matematika

Bolalarni masalalar yechishga o‘rgatish: Oldingi olib borilgan ishlar bolalarning yangi faoliyatga, hisoblashga o‘gishlariga imkon beradi. Qo‘shish va ayrishga o‘rgatish — birinchi sinfda matematika o‘qitishning asoslaridan biridir. Bolalar bog‘chasida asosiy tayyorlov ishlari olib boriladi. Bolalr arifmetik masalalarni echib xisoblash malakalarini egallab boradilar. Bu arifmetik amallarning ma’nosini tushinishga hamda unga ongli suratda yondashishga, kattaliklar, natija hamda amallar komponenti o‘rtasidagi o‘zaro bolanishlarni aniqlashga imkon beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bir amalli oddiy masalalarni, yani narsalar ustida ish bajarishdan (qo‘shish, ayirish) bevosita kelib chiqadigan (qo‘shdik - ko‘paydi, ayirdik — kamaydi) arifmetik masalalarni echadilar. Bular yiindi va qoldiqni topishga qaratilgan masalalardir.
Bolalarni katta songa kichik sonlarni qo‘shish hollari bilan tanishtiriladi: ularni avval bir sonini qo‘shish va ayirish, keyinroq 2 va 3 sonlarini qo‘shish va ayirishga o‘rgatib boriladi.
Masalalarni yechishga o‘rgatish bosqichlari Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni hisoblash faoliyatiga o‘rgatish va masalalar bilan tanishtirish, ularga kichik — kichik hajmda bosqichma — bosqich bilimlar berish bilan amalga oshiriladi.
Birinchi bosqichda bolalarga masalalar tuzishni o‘rgatish hamda ularga masalalar mazmunida tevarak atrofdagi hayotda o‘z aksini topishini anglab olishlarida yordam berish zarur.
Ular masala strukturasi (tuzilishini) o‘rganib, masalaning shart va savollarini aniqlaydilar, berilgan sonlarni muhim ahamiyatga ega ekanligini anglab oladilar. Bundan tashqari, ular masalalar echishga, qo‘shish. va ayirish amallarini ongli tanlash va ifodalashga, masalada aytilgan narsalar bilan bajarilgan amallar qanday miqdoriy o‘zgarishlarga olib kelishini tushunib oladilar.
Bolalar masala savoliga tushunishi va to‘ri javob berishga o‘rganib boradilar. Bu davrda sonli material yo birinchi beshlik bilan chegaralanadi, yoki ikkinchi beshlik ichida 1 ni qo‘shadilar yoki ayiradilar.
Ikkinchi bosqichda bolalar qo‘shish va ayirish amallarini asosan tanlashgagina o‘rgatilib qolmay, balki bittalab qo‘shish va ayirish usullaridan to‘ri foydalanishga yoki oldin 2 sonini, keyin 3 ni ayirishni o‘rgatib boriladi.
Bolalarning masalada berilgan sonlarni ajratib olishni o‘rganishlari hamda kelib chiqadigan miqdor o‘zgarishlarining ma’nosini tushunib olishlari uchun to‘liq predmetli ko‘rsatma zarur.

Yüklə 215,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin