O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining


-bob. Maktabning maqsadi va vazifalari



Yüklə 217 Kb.
səhifə2/8
tarix05.10.2023
ölçüsü217 Kb.
#129704
1   2   3   4   5   6   7   8
23-сон мактаб Устав

2-bob. Maktabning maqsadi va vazifalari

11. Maktabda o‘quvchilarning jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, har kimga ta’lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi.


Maktabda ta’lim jarayonlari dunyoviy xususiyatga ega.
12. Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlariga muvofiq har bir shaxsning ta’lim va tarbiya olish yuzasidan konstitutsiyaviy huquqini ro‘yobga chiqarish umumiy o‘rta ta’limning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarga bilimlarning zarur hajmini beradi, o‘quvchilarda tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoada ishlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko‘nikmalarini rivojlantiradi, kasbga yo‘naltirishga
va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
13. Maktabning vazifalari quyidagilardan iborat:
o‘quvchilar tomonidan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirilishini hamda kompetensiyalarni egallashlarini ta’minlash;
o‘quvchilarning ta’lim olishga rag‘batini oshirish, ularda bilim olish ehtiyojini rivojlantirish;
o‘quvchilarda milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirish asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, o‘z oilasiga, Vataniga
va xalqiga sodiqlik ruhida shakllantirish;
ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qitishning zamonaviy pedagogik uslublarini hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali joriy etish
va natijadorlikka erishish;
o‘quvchilarning o‘ziga xos individual ijobiy xususiyatlarini aniqlash, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, ularning yuksak darajada ta’lim-tarbiya olishlari, ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilishlari va rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratib berish.
14. Maktab umumiy o‘rta ta’limning maqsad va vazifalarini amalga oshirish uchun barcha zarur tashkiliy, o‘quv-uslubiy, moddiy-texnik va psixologik-pedagogik ta’lim-tarbiya muhitini yaratib beradi.
15. Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
16. Boshlang‘ich ta’lim ta’lim oluvchilarda umumiy o‘rta ta’limni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim, malaka va ko‘nikmalar asoslarini shakllantirishga qaratilgan.
17. Tayanch o‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilarga bilim, malaka va ko‘nikmalarning zaruriy hajmini beradi, ularda mustaqil fikrlash
va tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi.
Tayanch o‘rta ta’lim doirasida (VII sinfdan so‘ng) ta’lim oluvchilarda kasblar bo‘yicha birlamchi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun ularni kasbiy layoqatini aniqlash va kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha choralar amalga oshiriladi.
18. O‘rta ta’lim o‘quv dasturiga muvofiq ta’lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar o‘zlashtirilishini, shuningdek ta’limning keyingi turi tanlanishini hamda yuqori malaka talab qilinmaydigan kasblar egallanishini ta’minlaydi.
X-XI sinf o‘quvchilariga maxsus va chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassisliklar bo‘yicha kasb-hunar o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.
19. Umumiy o‘rta ta’lim uzluksiz tarzda, majburiy bo‘lgan o‘n bir yil davomida amalga oshiriladi.
Umumiy o‘rta ta’lim (XI sinf) bitiruvchilariga yo‘nalishni ixtiyoriy ravishda ta’limning keyingi bosqichini, ya’ni professional ta’lim, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida davom ettirish huquqini beradi.



Yüklə 217 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin