O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining


-bob. O‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish



Yüklə 217 Kb.
səhifə4/8
tarix05.10.2023
ölçüsü217 Kb.
#129704
1   2   3   4   5   6   7   8
23-сон мактаб Устав

4-bob. O‘quvchilarni o‘qishga qabul qilish

35. O‘qishga qabul qilish barcha talabgorlar uchun ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi prinsipi asosida amalga oshiriladi.


36. Maktab direktori tuman (shahar) hokimliklarining qarori bilan maktablarga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida Ichki ishlar vazirligining manzil-ro‘yxat va Adliya vazirligining fuqarolik holati dalolatnomalari qayd etish bo‘limlarining ma’lumotlar bazasiga integratsiya qilingan Vazirlikning elektron tizimidan maktab yoshidagi bolalarning ro‘yxatini shakllantirish orqali ularni umumiy o‘rta ta’limga qamrab oladi.
Bunda biriktirilgan hududlar (mikrohudud) doirasida doimiy yashash hamda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan va haqiqatda yashovchi oila farzandlari inobatga olinadi.
Agar maktabda inklyuziv sinflar tashkil etilgan bo‘lsa, istisno tariqasida maktabga nisbatan yaqin, biroq boshqa manzilda yashovchi bolalar ham tibbiy komissiya xulosasi asosida qabul qilinadi.
37. Maktab direktori mazkur maktabga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida maktabga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadi.
38. Maktabning birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
39. Davlat xizmatlari joriy etilgan hududlarda maktabning I sinfiga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.
Qabul jarayonlari an’anaviy shaklda tashkil etilgan hududlarda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
40. O‘qishga qabul qilinayotgan bolalarning ota-onalari mazkur Ustav, odob-axloq va ichki tartib-qoidalari hamda ta’lim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi boshqa hujjatlar bilan tanishtirilishi lozim.
41. Maktab rahbariyati har yili iyun-avgust oylarida bolalarni o‘qishga qabul qilish ishlarini tashkil etish uchun zarur choralarni ko‘radi.
42. Xorijiy davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning farzandlarini maktabga qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq amalga oshiriladi.



Yüklə 217 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin