O’QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA O’QUVCHILARNI MEHNATSEVARLIKMRUHIDA TARBIYALASHGA OID NA’MUNAVIY DARS ISHLANMASI. Fan : O’qish.
Finf: 3
Mavzu Mehnatkash qiz .
Maqsad :
Ta’limiy : o’quvchilarga mavzuni o’qitish , mazmunini tushuntirish, og’zaki bayon qilish ,kasblar haqida ,hunarlar haqida tushunchalar berish
Tarbiyaviy :o’quvchilarga mehnatsevarlik tarbiyasini tushuntirish, Unsun timsolida inson mehnatdan baxtini topishi yuzasidan tarbiyaviy bilimlar berish.
Rivojlantiruvchi : Mehnatkash qiz mavzusini o’quvchilarga ifodali o’qitish,mazmunini tushuntirish, og’zaki bayon qildirish ,mehnatsevarlik insonni baxt sari yetaklashini ,hayotga bog’lab ,tadbirkorlik ishlariga bog’lab tarbiyaviy bilimlarini rivojlantirish
Darsning turi : yangi tushuncha berish
Darsning metodi : suhbat, savol –javob, senkveyin ,interfaol ,guruhlar bilan ishlash.Darsning jihozi :darslik ,kasblar haqida rasmlar ko’rgazmasi.
Darsning borishi :
I-bosqich.Tashkiliy qismi :o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.Sana ,davomatni aniqlash.
-o’quvchilarga maqolning yarmini aytish ,ular qolganini davom ettiradi
1.Ona yurting--- ………… 2.Vatanning qadrini bilmagan …………………….
3.Oz so’zla--- …………….. 4.Odob bozorda……………………….
- O’quvchilarning fikrini jamlab uyga vazifani so’rash
2-bosqich. O’tilgan darsni so’rash.Uyga vazifani o’qitish.Og’zaki bayon qildirish.Mavzuning mazmuni haqida hulosa qilish.O’quvchilarning fikrini tinglash.
III-bosqich .Yangi mavzu: o’quvchilarga mehnatkash qiz mavzusini o’qitish,og’zaki bayon qildirish.o’quvchilarni guruhlarga bo’lish.I- guruhg SHokir otaning oilasi haqida tushuncha bildiradi 2-guruh Unsun kampirga ko’maklashdi xatboshini yoritadi.3-guruh Unsunning istagi haqida fikrlarini bildiradi .4-guruh Unsun mahsi tikishni o’rgandi savoliga fikrlarni yozadi.
Taqdimot qiladi. Guruhlar o’zlarining savollariga mos maqollar ,o’gitlar topadi.Guruhlar rag’batlantirilib ball qo’yib boriladi va g’olib guruh aniqlanadi.-Dam olish daqiqasi, harakatli o’yin. Kasb, hunarga oid she’r,qo’shiqlar tinglash.
IV-bosqich. Darsni mustahkamlash.O’quvchilardan kelajakda kim bo’lmoqchiligi so’rash,kasb hunarni o’quvchi tanlab qo’ygani bilan erishib qolmasligi,haqida ,Unsunning mehnatkashligiga bog’lab suhbatlashish.Mavzuni hayotga bog’lash,hozirda Unsunni ishini tadbirkorlikka bo’g’lasak bo’ladimi.37-modda .Har bir shaxs mehnat qilish,erkin kasb tanlash ,adolatli mehnat sharoitida ishlash va qonunda ko’rsatilgan ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Modda mazmunini tushuntirish. Bugungi darsdan qanday bilimlarni o’zlashtirdingiz ?Senkveyin
1.Ifodali o’qish
2.Mehnatsevarlik tarbiyasi
3 .Huquqiy tarbiya
4.Kasblar haqida ma’lumot
5.Mehnatkash qiz mavzusi mazmunini
V-Darsni yakunlash ,o’quvchilarni rag’batlantirish,ball qo’yish
VI-bosqich .Uyga vazifa Mehnatkash qiz mavzusini ifodali o’qish.(43 bet)
X U L O S A Mazkur kurs ishi “Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilarda mehnat tarbiyasini shakllantirish” mavzuga bag’ishlangan va reja asosiyda yozilgan. Asosiy qism to’rtta bo’limdan iborat “O’qish darslarining maqsad va vazifalari”, “ O’qish darslarida o’quvchilarni mehnatga muhabbat qo’yishga o’rgatish”, “”1-2-sinflarda mehnatga muhabbatni shakillantirish”, “3-4-sinflarda badiiy matnlar asosida mehnat tarbiyasini shakllantirish” bunda shu mavzular kengroq yoritib berishga harakat qilingan.
Kurs ishini yozish orqali “ Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’quvchilarda mehnat tarbiyasini shakllantirish” mavzuda ko’plab malumotga ega bo’ldim, bilimlarimni mustahkamlab oldim. Bu mavzudagi kurs ishini yozishim keltirib o’tilgan ma’lumotlarni yanada mustahkam tushunib olishimda katta ahamiyatga ega bo’ldi.