Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi



Yüklə 127,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/11
tarix10.12.2023
ölçüsü127,85 Kb.
#138852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1675056581 Angliya orta asrlar davrida. DI. Iroda Irbolayeva

Irbolayeva Iroda Sodiqjonovna
Davlatobod tumani 91-umumta’lim maktabining oliy 
toifali tarix fani oʻqituvchisi 
Taqrizchilar:
Dehqonov A.V.
Namangan muhandislik-qurilish instituti tarix fani 
oʻqituvchisi 
Mazkur dars ishlanma Namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi 
ijtimoiy-iqtisodiy fanlar boʻlimining 2020-yil ____- ________dagi
____-sonli yig`ilishida muhokama etilgan va ommalashtirishga tavsiya 
etilgan. 



Irbolayeva Iroda Sodiqjonovna 
1986-yil 3-mart kuni Pop tumanida tavallud 
topgan. 
2004-2008-yillarda 
Namangan 
davlat 
universitetida tarix fakultetida tahsil olgan. Mehnat 
faoliyatini 2008-yilda Namangan shahar 27-umumiy 
oʻrta ta’lim maktabida tarix fani oʻqituvchisi vazifasida 
boshlagan. Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi 2-umumta’lim 
maktabida 2009/2014 va 5-umumta’lim maktabida 
2014/2020-yillarda oʻz faoliyatini davom ettirdi.
2020-yildan 
boshlab 
Davlatobod 
tumani
91-umumta’lim maktabida tarix va tarbiya fanlaridan dars berib kelmoqda.
I.Irbolayeva ilgʻor, ijodkor va yuqori kompetensiyaga ega boʻlgan 
qobiliyatli pedagog boʻlib, oʻquvchi yoshiga va sinfiga mos tarzda darslar 
tashkil etib boradi. Tarix, huquq, milliy istiqlol gʻoyasi fanlaridan turli 
mavzularda dars ishlanmalar tayyorlagan. 
2018-yil oʻrta ta’lim maktablarining 10-sinflariga dars beruvchi 
oʻqituvchilar uchun tashkil etilgan qisqa muddatli kursning sertifikati
viloyat olimpidasida “Eng namunali hakam”, “Yil ayoli-2019” koʻrik-tanlovi 
tuman bosqichida “Oʻz kasbining ustasi” nominatsiyalarida gʻoliblikni 
qoʻlga kiritgan. Uning tarixiy, pedagogik va metodologik mavzulardagi 
10 dan ortiq maqolalari respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalari, respublika 
va xalqaro ilmiy jurnallarida nashr etilgan.
2019-2020-oʻquv yili davomida “Eng namunali dars ishlanma” 
tanlovida 2-oʻrinni egallagan. “Yevropada reformatsiya” mavzusidagi dars 
ishlanmasi 2020-yil yanvar oyida viloyat miqiyosida ommalashtirilgan. 
2020-yil fevral oyida tayanch maktabda 10-sinflarda “Oʻzbekiston fan va 
madaniyati - gʻalaba uchun xizmatda” mavzusida koʻrgazmalar bilan ishlash 
qulayliklari haqidagi dars ishlanamasi tuman miqiyosida ommalashtirilgan.
2021-yil mart oyida navbatdan tashqari attestatsiya imtihonlaridan 
muvaffaqiyatli oʻtib, oliy toifali tarix fani oʻqituvchi maqomiga erishdi.
I.Irbolayeva bundan keyingi mehnat faoliyatida ham oʻz bilimi va 
tajribasi bilan tarix fanini samarali metod va usullardan foydalanib oʻqitishda 
hamda yangi innovatsiyalar bilan yosh avlodga sidqidildan bilimlar berib 
borishiga ishonch bildiramiz.

Yüklə 127,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin