Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi



Yüklə 211,14 Kb.
səhifə2/105
tarix15.10.2023
ölçüsü211,14 Kb.
#130286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fan predmetlari

Fan nomi

Kasblar nomi

1.

Ona tili va adabiyoti

Oʻqituvchi

Tarbiyachi pedagog

Jurnalist

Logoped

Suhandon

Kopirayter

Diller

Tele va radio boshlovchisi

Muxarrir

Adabiy tanqidchi

Filolog

2.

Chet tili

Jurnalist

Tarjimon

Yoʻlovchi vagonlar kuzatuvchisi

Styuardessa

Marketolog

Mehmonxona xoʻjaligi xodimi

Ekskursiya raxbari

3.

Tarix

Arxivchi (Arxivarius)

Arxeolog

Muzeyshunos

4.

Davlat va xuquq asoslari

Sugʻurtalovchi

Yurist

Ish yurituvchi

Xodimlarni boshqarish boʻyicha menejer

5.

Matematika

Kassir (gʻaznachi)

Buxgalter, Auditor

Standartlashtirish va metrologiya muhandisi

6.

Fizika

Avtomobillarni taʼmirlash texnigi

Chilangar

Payvandlovchi

Fotograf

Maishiy xizmat texnikalarini taʼmirlash

Shinomontajchi

Radiotexnika vositalarini taʼmirlovchi

Santexnik

7.

Informatika va axborot texnologiyalari

Web-dizayner

Kompyuter operatori

Kompyuter va dasturiy taʼminotlar hamda ofis jihozlarini oʻrnatuvchi va ularga texnik xizmat koʻrsatuvchi

8.

Kimyo

Texnik-texnolog

Farmatsevt

9.

Biologiya

Shifokor

Psixolog

Gulchi

Sabzovot yetishtiruvchi

Zootexnik

Baliqchi

Koʻkalamzorlashtiruvchi

10.

Geografiya va iqtisodiyot

Geolog

Texnik metrolog, gidrolog

Neft va gaz quduqlarini parmalash texnigi

Brend menejer

Yoʻlovchi vagonlar kuzatuvchisi

Logistika

11.

Musiqa madaniyati

Musiqachi

Prodyusser

12.

Tasviriy sanʼat va chizmachilik

Meʼmor (Arxitektor)

Kulol

Naqqoshlik

Yogʻoch oʻymakorligi

13.

Texnologiya

Mebelchi

Duradgor

Boʻyoqchi

Bichuvchi

Doʻppidoʻz

Gilam toʻquvchi

Milliy taomlar oshpazi

Oshpaz

Parda tikuvchi

Pol yotqizish ustasi

Qandolatchi

Sartarosh

Suvoqchi

Tom yopuvchi

Zardoʻzlik

Zargarlik

14

Jismoniy tarbiya

Turizm xizmatlari boʻyicha mutaxassis

15.

Chaqiriqqacha qadar boshlangʻich tayyorgarlik

Bojxona mutaxassisi

Huquq muhofazasi va xavfsizlik organlarining tergovchisi

Uchuvchi

Oʻt oʻchiruvchi


  1. Ona tili va adabiyoti fani doirasida kasblar toʻgʻrisida maʼlumot

OʻQITUVCHI


Kasb tipi – Odam-odam


Oʻqituvchi – pedagogik, psixologik va mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha maxsus maʼlumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega, taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatuvchi shaxs.
1. Ish faoliyatining mazmuni va ish sharti
Oʻqituvchi oʻquv jarayoni uchun javobgardir, u oʻqitadi, oʻquvchilarga maʼlum bir mavzu boʻyicha bilimlarni turli formatlarda (dars, maʼruza, mashgʻulot, treninglar) oʻtkazadi.
2. Mutaxassislikga qoʻyiladigan talablar
• bilimga qiziqish, oʻz-oʻzini anglash va oʻz-oʻzini rivojlantirish;
• badiiylik; ijodkorlik:
• oʻziga va boshqalarga nisbatan qatoiylik;
• tashkilotchilik;kuzatuv va ʼamdardlik;
• axborot bilan ishlashga moyillik,
• diqqatni jamlash qobiliyati;
• rivojlangan leksik qobiliyat,mantiqiy qobiliyat,
• yuqori xissiy barqarorlik.
3. Kasb egallash yoʻllari va qoʻllanish sohasi
Kasbiy bilimlarni oliy oʻquv yurtlarida olish mumkin.
• umumiy oʻrta taʼlim muassasalari;
• professional taʼlim muassasalari;
• bolalar uylari va maktab-internatlar;
• oʻquv-tarbiya muassasalari;
• bolalar ijodiyoti va dam olish markazlari;
• oʻquv-uslubiy markazlar;
• ilmiy- tadqiqot institutlari;
4. Mutaxassisning individual xususiyatlari.
• ishtiyoq, oʻquv materialiga qiziqish, yetakchi;
• oʻquvchilarga oʻz mavzusi boʻyicha materiallarni aniq va ishonarli ravishda tushuntirish;
• turli odamlar bilan muloqot qilish va oʻzaro taʼsir qilish koʻnikmalariga ega boʻlish;
• stress omillari taʼsiriga qarshi turish, oʻquv guruhidagi vaziyatni boshqarish, aqliy va hissiy muvozanatni koʻrsatish;
• zamonaviy texnik vositalardan (shaxsiy kompyuter, interfaol doskalar va boshqalar) ishonch bilan foydalanish;
• oʻquvchilarning hissiy holatiga hamdardlik koʻrsatish.
5. Tibbiy monelik
• yurak-qon tomir kasaliklari;
• tayanch harakat tizimi kasalliklari;
• koʻrish va eshitishning qobiliyatining pasayishi.
7. Turdosh kasblar
• tarbiyachi;
• boshlangʻich sinf oʻqituvchisi;
• metodist;
• defektolog;
• psixolog;


TARBIYACHI-PEDAGOG


Kasb tipi – Odam-odam


Tarbiyachi-pedagog
Tarbiyachining bola bilan boʻlgan barcha faoliyati nafaqat yangi shaxsni, balki davlatning yangi fuqarosini shakllantirishga qaratilgan.
1. Ish faoliyatining mazmuni.
Tarbiyachi bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik rivojlanishi boʻyicha ishlarni tashkil qiladi va olib boradi, ularni maktabga tayyorlaydi. Ogʻzaki sanash, harflar va raqamlarni tanib olish, rasm chizish, haykaltaroshlik, qoʻshiq kuylash koʻnikmalariga oʻrgatadi. Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantiradi, sanʼat asarlarini, axloqiy va estetik meʼyor va qoidalarni tanishtiradi.
2. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar:
• maktabgacha taʼlim pedagogikasi va metodikasi;
• defektologiya asoslari;
• bolalar hayoti va sogʻliqni saqlash qoidalari;
• birinchi yordam koʻrsatish asoslari
3. Muhim kasbiy sifatlari
• bolalar bilan ishlashga qiziqish va xohish;
• xushmuomalalik, doʻstona munosabat;
• ijodkorlik, ijodiy fikrlash;
• yaxshi rivojlangan eʼtibor (xajm, taqsimlash va kommunikasiya kabi parametrlar);
• yaxshi xotira;
• doimiy oʻzini tuta bilish;
• tashkilotchi;
• yuqori xissiy barqarorlik;
• umumiy madaniyat va bilim, barkamol va aqlli nutq;
• jamoani boshqarish qobiliyati
4. Kasbning qoʻllanish sohasi
• bolalar bogʻchalarida (jamoat yoki xususiy);
bolalar uylarida;
• oilalar va bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish markazlarida;
5. Tibbiy monelik
• yurak-qon tomir kasalliklari;
• tayanch harakat tizimi kasalliklari;
• koʻrish va eshitishning buzilishi
• qobiliyatining pasayishi
6. Turdosh kasblar
• bolalar uylari, yotoqxonalar, internatlar, lagerlarda oʻqituvchi;
• enaga
JURNALIST


Kasb tipi – Odam-odam


Jurnalist - malakali mutaxassis, adabiyotchi, gazeta va jurnallarda adabiy -publitsistik faoliyat bilan shugʻullanadi.
1. Ish faoliyatining mazmuni va ish sharti
U turli kasbdagi odamlar bilan bevosita muloqot olib boradi, foydali maʼlumotlarni toʻplaydi, ish sharoiti ofisda, uyda va ish joyida boʻlishi mumkin. Qoida tariqasida ochiq grafik, reglamensiz ish kuni mavjud.
2. Mutaxassislikga qoʻyiladigan talablar.
• OAV toʻgʻrisidagi qonun xujjatlari va mualliflik xuquqi asoslari;
• filologiya, adabiy tanqid va chet tillarini yaxshi bilish;
• adabiy taʼrir sohasidagi bilimlar;
• jurnalistika nazariyasi va amaliyoti;
• psixologiya asoslari;
• ijtimoiy va madaniy jarayonlarni taʼlil qilish usullari;
• professional ofis uskunalari.
3. Mutaxassisning individual xususiyatlari
• oʻz-oʻzini doimiy rivojlantirishga intilish;
• ogʻzaki va yozma nutqni mukammal bilish;
• kuzatuv;
• yaxshi rivojlangan leksik koʻnikmalar;
• suhbatdoshni tinglash va eshitish qobiliyati;
• rivojlangan analitik va xayoliy fikrlash;
• xotira rivojlanishining yuqori darajasi;
• jismoniy faollik va harakatchanlik;
• yuqori hissiy barqarorlik.

Yüklə 211,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin