Muzeyshunos- mutaxassis - muzeyshunosning kasbiy faoliyat sohasi madaniy va tabiiy merosni aniqlash, oʻrganish, saqlash va ulardan foydalanish muammolari bilan bogʻliq boʻlgan ilmiy-tadqiqot, madaniy-maʼrifiy muassasalarning keng tarmogʻidir.
1. Ish faoliyatining mazmuni. Kasbiy faoliyat obʼekti - bu turli xil milliy, mintaqaviy xususiyatlarga ega boʻlgan tarix, madaniyat va tabiat yodgorliklari tizimi. Mutaxassis muzeyshunos - merosni saqlash va ulardan foydalanish tarixi, nazariyasi, metodologiyasi sohasida ilmiy tadqiqotlar olib boradi, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni, shuningdek tashkiliy-boshqaruv ishlarida faoliyat olib boradi
Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar:
Bilishi kerak; madaniy-tarixiy manbalarning asosiy turlarini va ularni ifodalash usullarini, matnlarni izohlash tamoyillari va usullarini, madaniyat tarixi va nazariyasiga oid manbalar bilan ishlash texnikasini zamonaviy gumanitar bilimlarda sanʼat va madaniyatning oʻrni.
Quyidagi koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak: madaniy va tabiiy merosni rivojlantirish boʻyicha istiqbolli tadqiqotlarni aniqlash, shakllantirish va tashkil etish;