Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi



Yüklə 211,14 Kb.
səhifə3/105
tarix15.10.2023
ölçüsü211,14 Kb.
#130286
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fan predmetlari

4. Turdosh kasblar
• muhbir;
• muharrir;
• adabiy tanqidchi
5. Tibbiy monelik
• nutq buzilishi;
• tuzatib boʻlmaydigan koʻrish va eshitish kasalliklari;
• xotira buzilishi;
• asab tizimining kasalliklar.
6. Kasb egallash yoʻllari
Respublikamizdagi barcha pedagogika sohasida kadrlar tayyorlovchi universitet va institutlar


LOGOPED


Kasb tipi – Odam-odam


Logoped - Talaffuz jihatdan toʻgʻri nutqni shakllantirish, uning nuqsonlarini oldini olish va bartaraf etish bilan shugʻullanadigan mutaxassis.
1. Ish faoliyatining mazmuni va ish sharti
Logoped qulay sharoitda — yopiq xonada faoliyat olib boradi. Nutqida nuqsoni boʻlgan bolalarni aniqlash va tabaqalashtirish asosida tuzatish-tarbiyaviy ishlarni olib boradi. Mashgʻulotlar maqsadi nutqida turli darajada muammolari boʻlgan bolalarning toʻliq mehnat va ijtimoiy reabilitatsiyasiga erishish.
2. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar
• defektologiya, maxsus pedagogika,maxsus psixologiya, anatomiya, fiziologiya va klinik asoslari;
• kasbiy va amaliy faoliyat boʻyicha meʼyoriy-uslubiy xujjatlar;
• oʻquvchilarning rivojlanishida nutqidagi muammolarning oldini olish va ularni tuzatish usullari va mexanizmini bilish.
3. Mutaxassisning individual xususiyatlari
Logoped umumiy nazariy va maxsus kasbiy bilimlar tizimiga ega boʻlishi kerak, uning umumiyligi va kengligi unda gʻayritabiiy rivojlanish tipologiyasi va tuzilishi, nutq yetishmovchiligini oldini olish va bartaraf etish usullari, psixologik va pedagogik taʼsir usullari haqida gʻoyalarni shakllantiradi.
4. Tibbiy monelik
• yurak-qon tomir kasaliklari;
• tayanch harakat tizimi kasalliklari;
• koʻrish va eshitishning buzilishi
• qobiliyatining pasayishi.
5. Qoʻllanish sohasi
• maxsus maktablar va maktab-internatlar,
tibbiy-psixologik markazlar
•taʼlim sohasidagi maxsus tashkilotlar va ijtimoiy xizmatlar.

Yüklə 211,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin