Diller - qimmatli qogʻozlar, valyutalar, qimmatbaho metallar va boshqa tovarlarni oldi-sotdisini, birja operatsiyalarini oʻz nomidan va shaxsiy mablagʻlari hisobiga amalga oshiruvchi fond birjasi aʼzosi;
U mahsulotni ulgurji (koʻtara) sotib olib, uni chakana yoʻl bilan yoki kichik partiyalarda foydasiga sotuvchi biznes ishtirokchisi.
1. Ish faoliyatining mazmuni va ish sharti Ular rasmiy ishlab chiqaruvchi yoki distribyutordan koʻplab tovarlar, aksessuarlar va butlovchi qismlarni ulgurji sotib olishadi. Dilerlik shartnomasi rasmiylashtiradilar. Savdo obyektlariga yetkazib berishni amalga oshiradilar. Mahsulotlarni saqlash va yakuniy isteʼmolchiga koʻrgazma qilishni tashkil qiladilar. Diler bitim va shartnomalar tuzadilar. Kichik ulgurji yoki chakana savdoni amalga oshiradilar.
2. Mutaxassisga qoʻyiladigan talablar. • faqat mijozlar manfaatlarini koʻzlab ish yuritish;
• mijozlariga bitimlarni amalga oshirishda eng yaxshi shart-sharoitlarni taʼminlash;
• mijozlarga bozor holati, talab va taklif narxlari va hokazolar haqida barcha zarur maʼlumotlarni yetkazish;
• mutaxassis oliy yuridik yoki iqtisodiy maʼlumotga ega boʻlishi kerak.
• matematikani, amaldagi qonunchilikni yaxshi bilishi kerak.
3. Mutaxassisning individual xususiyatlari Eng yaxshi diler har doim analitik fikrlash, yuqori konsentratsiya, stressga chidamlilik, oʻzini-oʻzi boshqarish va hissiy muvozanat, katta hajmdagi maʼlumotlar bilan ishlash qobiliyatiga ega boʻlishi kerak.
4. Tibbiy monelik • asab tizimining kasalliklari;
• yurak-qon tomir kasalliklari;
• ruhiy kasalliklar.
5. Kasb egallash yoʻllari • professional taʼlim muassasalari
• oliy taʼlim muassasalari.