Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi


Televideniye va radio boshlovchisi –



Yüklə 211,14 Kb.
səhifə8/105
tarix15.10.2023
ölçüsü211,14 Kb.
#130286
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fan predmetlari

Televideniye va radio boshlovchisi – televideniye va radio dasturlarini olib boruvchi shaxs.
1. Ish mazmuni va ish sharti
Teleboshlovchi — muharrir, jurnalist, prodyuser va marketolog fazilatlarini oʻzida mujassam etgan koʻp qirrali mutaxassis. Koʻpincha teleboshlovchilar mustaqil ravishda yangiliklarni izlaydilar, ssenariylar yaratadilar, mehmonlarni tanlashda yordam berishadi — ular yangiliklar, axborot va boshqa teledasturlarni tayyorlashda bevosita ishtirok etadilar. Teleboshlovchilar benuqson diksiya va oʻzini tuta bilish qobiliyatiga ega, bu ayniqsa jonli efirda boʻlgan mutaxassislar uchun juda muhimdir.
Teleboshlovchi xarizmaga ega, u taklif etilgan mehmonlar va yulduzlar bilan muloqot qiladi, masofaviy texnologiyalardan foydalangan holda tomoshabinlar bilan muloqot qiladi, improvizatsiya va intervyu beradi.
Ish sharti. Odatda maxsus xonada ishlash. Koʻpincha kechqurun va tungi vaqtda noqulay sharoitlarda ishlashlari mumkin. Shu bilan birga, tele va radio boshlovchilari oʻzlarining tashqi koʻrinishini, sogʻligʻini doimiy ravishda kuzatib borishlari va tashqi koʻrinishga nisbatan qatʼiy talablarga rioya qilishlari kerak.
2. Mutaxassisga qoʻyiladigan talablar:
• mashgʻulotlarda, liboslarni tayyorlashda va telekoʻrsatuvni suratga olishda ishtirok etish;
• ssenariylarni yaratishda ishtirok etish, yangiliklar va mehmonlarni tanlash;
• efir vaqtida improvizatsiya, nizolarni yumshatish;
• jamoa aʼzolari bilan aloqa qila olish qobilyati.
3. Shaxsiy xususiyatlar:
Teleboshlovchi xarizmatik, ochiqkoʻngil va maftunkor odam boʻlib, oʻziga xosdir. U juda ambitsiyali, maqsadli va masʼuliyatli. Yeruditsiya va badiylik bilan ajralib turadigan kasbiy ziyraklik va qatʼiylikni namoyish yetadi. Yempatiyadan mahrum yemas, qanday qilib improvizatsiya qilishni biladi. Teleboshlovchilar fotogenik odamlardir.
4. Tibbiy monelik (cheklovlar)
• ogʻir asab va ruhiy kasalliklar;
• diqqat-eʼtibor, xotira va fikrlashning sustligi.

Yüklə 211,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin