Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi


Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar



Yüklə 211,14 Kb.
səhifə86/105
tarix15.10.2023
ölçüsü211,14 Kb.
#130286
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fan predmetlari

2. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar:
• ish joyida qoʻllaniladigan asboblar, moslamalarni texnik nazoratdan oʻtkazish. Texnika xavfsizligini ularga qoʻyiladigan talablariga rioya qilish;
• asos chizmalarni chizish;
• doʻppilarni modellashtirish asoslari.
• har xil tasvirlarni tanlash;
• tikuv sexi jihozlari.
3. Muhim kasbiy sifatlari
• konsentratsiya qobiliyati;
• qoʻl mehnatiga moyillik;
• xizmat koʻrsatishga moyilligi;
ijodiy faoliyatga moyillik;
• aniqlik;
• qatʼiyatlilik;
• sabr-toqat;
• yaxshi koʻrish.
4. Kasbning qoʻllanish sohasi
• fabrikalarda;
• badiiy ustaxonalarda;
xususiy korxonalarda;
• yoshlar ijodiyoti markazlarida toʻgarak rahbari;
• respublika va xalqaro koʻrgazmalarda oʻz ishlari bilan qatnashishi mumkin;
• shuningdek, doʻppidoʻzlar oʻzlarining ishlarini bajarishlari va shaxsiybuyurtmalarni bajarishlari mumkin
5. Tibbiy monelik
• oʻtkir oshqozon ichak kasalliklari;
• tayanch harakat tizimi kasalliklari;
• yurak-qon tomir kasalliklari;
• eshitish va koʻrish organlari kasalliklari;
• yuqumli teri kasalliklari;
• yuqori nafas yoʻllari kasalliklari
• allergik kasalliklar;
• umurtqa pogʻonasi kasalliklari.
6. Turdosh kasblar
Kashtachilik, tikuvchilik,zardoʻzlik


GILAM TOʻQUVCHI (GOBELEN)


Kasb tipi – Odam-Badiy obraz


Gilam toʻquvchi (Gobelen)-Gobelen sanʼati tarixini bilishi, loyihalar chizishi, rang berish texnologiyasi, ashyolardan toʻgʻri foydalanish, shuningdek loyihalash rejasi yoʻnalishining barcha qonuniyatlarini oʻrgatish sohasiga boʻlgan ijodiy yondoshishi va turli xil ashyolardan foydlanish, madaniy va maishiy, badiiy buyumlar yaratishni hamda shu buyumlarga anʼanaga xos bezash va loyihalashni oʻz ichiga oladi.
1. Ish faoliyatining mazmuni.
Kompozitsiya haqida tushuncha. Ritm, kompozitsiyasi (ranglar uygʻunligi) haqida tushuncha. Gobelenda foydalaniladigan loyiha kompozitsiyasi va ularning tuzilishi. Respublikamizda mavjud gobelen maktablari haqida tushuncha berish.Rang aralashmasidan rang hosil qilish.Kolorit, rang toni, rang gammasi va qarama-qarshi ranglar tushunchasi.Axromatik va xromatik ranglar topish.Uy-roʻzgʻor buyumlari uchun gobelen kompozitsiyalarini loyihalash. Maishiy hayotda bevosita qoʻllaniladigan turli shakldagi gobelen kompozitsiyalarini loyihalash.Tuzilgan gobelen kompozitsiyalarining loyihasini kartonga tushirish. Loyiha kompozitsiyasiga rang berish. Dekorativ gobelen kompozitsiyalarini va ularning loyihasini kartonga tanlash, nusxalardan andozalar chizish. Texnika xavfsizligi qoidalari haqida tushuncha berish.Gobelen toʻqishda ishlatiladigan asbob-uskunalar bilan tanishtirish, gobelenda ishlatiladigan rangli jun iplar.Gobelenda ishlatiladigan usullarning toʻqilishi (uy-roʻzgʻor buyumlari misolida). Gobelen usullari va ularni toʻqilishi. Gobelenda ishlatiladigan oʻdima, taqir toʻqish, paxmoqli toʻqish va bir qancha turlari.Gobelen toʻqishda loyiha kompozitsiyasini andozasini chizish. Kompozitsiya andozalarini planshetga koʻchirish va markaziy qismiga rang berish. Loyiha kompozitsiyasini kartonga chizish.Dastgohga arqon ip tortish. Karton kompozitsiyasini dastgoh orqasiga tortish. Gobelen toʻqishni boshlash. Oʻdima usulida toʻqish va taqir toʻqish.Maishiy hayotda bevosita qoʻllaniladigan turli shakldagi gobelen buyumlariga kompozitsiya tanlash va nusxalar chizish. Gobelen toʻqish uchun ipni va tanlangan kompozitsiyani dastgohga tortish.Gobelen kompozitsiyasini markaz qismini kartonga tushirish, kartonga chizilgan ishni gobelenda toʻqish, kompozitsiyani oʻdima qismini va taqir, har xil shakllarni toʻqish, gobelen toʻqishda pardozlash muhim axamiyatga ega.

Yüklə 211,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin