1. Ish faoliyatining mazmuni. Sartaroshlar sochlarni kesadi, turmaklaydi turli xil ranglarga boʻyash bilan birgalikda kimyoviy ishlov beradi. Yuqori tajribali ustalar soch turmagi modellarini yaratadi. Sartaroshning ishi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
• mijozlarga xizmat koʻrsatish;
• estetik did bilan soch turmagini yaratish;
• soch va soqollarni qirish hamda sochlarni yuvish;
• mijozning buyurtmasiga binoan sochlarni kesadi, sochlar turmaklaydi va sochlarni boʻyosh bilan shugʻullanadi;
• sochlarni boʻyab turli xildagi mijoz uchun mos keladigan rang chiqarish;
• mijoz bilan muloqot qilib, soch turmagini tanlashda yordam berish;
• sochlar rangini oʻzgartirishda ishtirok etadigan moddalar tarkibini bilishi va mijoz istagidagi ranglarni chiqara olishi kerak.
2. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar: • sartaroshxonada sanitariya va gigiyena qoidalari;
• soch tuzilishi va teri xususiyatlarini;
• soch kesish va soch turmaklari shakllantirish usullarini va uslublarini;
• boʻyoqlar aralashmasi va soch kurtaklari formulasini, ularni bosh terisiga zararsiz qoʻllash qoidalari;• soch turmaklashdagi zamonaviy urf bilan hamnafas yurishni.
3. Muhim kasbiy sifatlari • ijodiy faoliyatga moyillik;
• xizmat koʻrsatishga moyillik;
• jismoniy chidamlilik;
• chaqqonlik va jismoniy harakatda faollik;
• estetik did;
• aniqlik;
• tartib;
• yaxshi niyat;
• yaxshi rivojlangan muloqot qobiliyatlari;
• harakatning aniqligi va tezligi;
• sabr-toqat.
4. Kasbning qoʻllanish sohasi • goʻzallik salonlari;
• moda uylari va h.k.
• baʼzi sartaroshlar oʻz uylarida ishlaydilar gohida mijozlarning uyga borib ham xizmat qilishadi.
5. Tibbiy monelik • kimyoviy preparatlarga qarshi reaksiyasi;
teri kasalliklari;
• tayanch-harakat apparatining buzilishi;
• tomir varikozi;
• qoʻl-barmoqlari muvofiq harakatlanishi buzilishi;
• nevroz;
• koʻzning ifodali kasalliklari.
• yurak-qon tomir tizimi;
• ruhiy kasalliklar
• alergiyaning turli shakllari (ayniqsa kosmetika uchun);
• tayanch-harakat apparatining buzilishi;