4. Kasbning qoʻllanish sohasi
Tarjimonlar quyidagi tashkilotlar va sohalarda ishlashi mumkin:
• ilmiy-tadqiqot institutlari;
• jurnal va gazetalar tahririyatlari (muharrir, jurnalist lavozimlari);
• Turli kompaniyalardagi qabulxonalar (Ish yurituvchi-yordamchi);
• matbuot markazlari;
• adabiy uyushmalar;
• tarjima agentligi;
• taʼlim muassasalari;
• nashriyotlar;
• kutubxonalar va boshqalar.
5. Tibbiy monelik
• tayanch-harakat tizimi kasalliklari;
• asab tizimi kasalliklari;
• yurak-qon tomir tizimi kasalliklari;
• koʻrish organlari kasalliklari ;
• ruhiy kasalliklar;
• diqqatning buzilishi;
• virus tashuvchisi (masalan, sil).
6. Turdosh kasblar
Yozuvchi, muharrir, chet tili oʻqituvchisi , rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi.
7. Kasbiy oʻsish istiqbollari
Tarjimonlar turli adabiy janrlarga, turli xorijiy tillarga tarjimalarga va hokazolarga ixtisoslashishi mumkin. Shuningdek, tarjimonlik kasbiga ega boʻlgan shaxs tegishli mutaxassisliklarni ham egallashi mumkin, masalan: jurnalist, jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha menejer, oʻqituvchi, madaniyatshunos, tarixchi va boshqalar.
YOʻLOVCHI VAGONLAR KUZATUVCHISI :
Kasb tipi – Odam-odam
Yoʻlovchi vagonlar kuzatuvchisi : Marshrut boʻylab yoʻlovchi vagoniga hamroh boʻlgan va yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadigan temir yoʻl xodimi
Ish faoliyatining mazmuni
Vagonni mavjud inventarizatsiya boʻyicha qabul qiladi, marshrut varagʻiga belgi qoʻyadi, texnik tizimning xizmat koʻrsatishga yaroqliligini va vagonning sanitariya holatini, yoʻlovchilarni chiqish va oʻz vaqtida tushishini nazorat qiladi. Ish vaqtining koʻp qismi poyezd ketishidan oldin ham, belgilangan joyga yetib kelganidan keyin ham poyezdda oʻtadi
Dostları ilə paylaş: |