Kompyuter va dasturiy taʼminotlar hamda ofis jihozlarini oʻrnatuvchi va ularga texnik xizmat koʻrsatuvchi
8.
Kimyo
Texnik-texnolog
Farmatsevt
9.
Biologiya
Shifokor
Psixolog
Gulchi
Sabzovot yetishtiruvchi
Zootexnik
Baliqchi
Koʻkalamzorlashtiruvchi
10.
Geografiya va iqtisodiyot
Geolog
Texnik metrolog, gidrolog
Neft va gaz quduqlarini parmalash texnigi
Brend menejer
Yoʻlovchi vagonlar kuzatuvchisi
Logistika
11.
Musiqa madaniyati
Musiqachi
Prodyusser
12.
Tasviriy sanʼat va chizmachilik
Meʼmor (Arxitektor)
Kulol
Naqqoshlik
Yogʻoch oʻymakorligi
13.
Texnologiya
Mebelchi
Duradgor
Boʻyoqchi
Bichuvchi
Doʻppidoʻz
Gilam toʻquvchi
Milliy taomlar oshpazi
Oshpaz
Parda tikuvchi
Pol yotqizish ustasi
Qandolatchi
Sartarosh
Suvoqchi
Tom yopuvchi
Zardoʻzlik
Zargarlik
14
Jismoniy tarbiya
Turizm xizmatlari boʻyicha mutaxassis
15.
Chaqiriqqacha qadar boshlangʻich tayyorgarlik
Bojxona mutaxassisi
Huquq muhofazasi va xavfsizlik organlarining tergovchisi
Uchuvchi
Oʻt oʻchiruvchi
Ona tili va adabiyoti fani doirasida kasblar toʻgʻrisida maʼlumot
OʻQITUVCHI
Kasb tipi – Odam-odam
Oʻqituvchi – pedagogik, psixologik va mutaxassislik yoʻnalishlari boʻyicha maxsus maʼlumot, kasbiy tayyorgarlik, yuksak axloqiy fazilatlarga ega, taʼlim muassasalarida faoliyat koʻrsatuvchi shaxs.
1. Ish faoliyatining mazmuni va ish sharti Oʻqituvchi oʻquv jarayoni uchun javobgardir, u oʻqitadi, oʻquvchilarga maʼlum bir mavzu boʻyicha bilimlarni turli formatlarda (dars, maʼruza, mashgʻulot, treninglar) oʻtkazadi.
2. Mutaxassislikga qoʻyiladigan talablar • bilimga qiziqish, oʻz-oʻzini anglash va oʻz-oʻzini rivojlantirish;
• badiiylik; ijodkorlik:
• oʻziga va boshqalarga nisbatan qatoiylik;
• tashkilotchilik;kuzatuv va ʼamdardlik;
• axborot bilan ishlashga moyillik,
• diqqatni jamlash qobiliyati;
• rivojlangan leksik qobiliyat,mantiqiy qobiliyat,
• yuqori xissiy barqarorlik.
3. Kasb egallash yoʻllari va qoʻllanish sohasi Kasbiy bilimlarni oliy oʻquv yurtlarida olish mumkin.
• umumiy oʻrta taʼlim muassasalari;
• professional taʼlim muassasalari;
• bolalar uylari va maktab-internatlar;
• oʻquv-tarbiya muassasalari;
• bolalar ijodiyoti va dam olish markazlari;
• oʻquv-uslubiy markazlar;
• ilmiy- tadqiqot institutlari;
4. Mutaxassisning individual xususiyatlari. • ishtiyoq, oʻquv materialiga qiziqish, yetakchi;
• oʻquvchilarga oʻz mavzusi boʻyicha materiallarni aniq va ishonarli ravishda tushuntirish;
• turli odamlar bilan muloqot qilish va oʻzaro taʼsir qilish koʻnikmalariga ega boʻlish;
• stress omillari taʼsiriga qarshi turish, oʻquv guruhidagi vaziyatni boshqarish, aqliy va hissiy muvozanatni koʻrsatish;
• zamonaviy texnik vositalardan (shaxsiy kompyuter, interfaol doskalar va boshqalar) ishonch bilan foydalanish;
• oʻquvchilarning hissiy holatiga hamdardlik koʻrsatish.
5. Tibbiy monelik • yurak-qon tomir kasaliklari;
• tayanch harakat tizimi kasalliklari;
• koʻrish va eshitishning qobiliyatining pasayishi.
7. Turdosh kasblar • tarbiyachi;
• boshlangʻich sinf oʻqituvchisi;
• metodist;
• defektolog;
• psixolog;
TARBIYACHI-PEDAGOG
Kasb tipi – Odam-odam
Tarbiyachi-pedagog Tarbiyachining bola bilan boʻlgan barcha faoliyati nafaqat yangi shaxsni, balki davlatning yangi fuqarosini shakllantirishga qaratilgan.
1. Ish faoliyatining mazmuni. Tarbiyachi bolalarning jismoniy, aqliy, axloqiy, mehnat va estetik rivojlanishi boʻyicha ishlarni tashkil qiladi va olib boradi, ularni maktabga tayyorlaydi. Ogʻzaki sanash, harflar va raqamlarni tanib olish, rasm chizish, haykaltaroshlik, qoʻshiq kuylash koʻnikmalariga oʻrgatadi. Bolalarning nutqi va tafakkurini rivojlantiradi, sanʼat asarlarini, axloqiy va estetik meʼyor va qoidalarni tanishtiradi.
2. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar: • maktabgacha taʼlim pedagogikasi va metodikasi;
• defektologiya asoslari;
• bolalar hayoti va sogʻliqni saqlash qoidalari;
• birinchi yordam koʻrsatish asoslari
3. Muhim kasbiy sifatlari • bolalar bilan ishlashga qiziqish va xohish;
• xushmuomalalik, doʻstona munosabat;
• ijodkorlik, ijodiy fikrlash;
• yaxshi rivojlangan eʼtibor (xajm, taqsimlash va kommunikasiya kabi parametrlar);
• yaxshi xotira;
• doimiy oʻzini tuta bilish;
• tashkilotchi;
• yuqori xissiy barqarorlik;
• umumiy madaniyat va bilim, barkamol va aqlli nutq;
• jamoani boshqarish qobiliyati
4. Kasbning qoʻllanish sohasi • bolalar bogʻchalarida (jamoat yoki xususiy);
• bolalar uylarida;
• oilalar va bolalarga ijtimoiy yordam koʻrsatish markazlarida;
5. Tibbiy monelik • yurak-qon tomir kasalliklari;
• tayanch harakat tizimi kasalliklari;
• koʻrish va eshitishning buzilishi
• qobiliyatining pasayishi
6. Turdosh kasblar • bolalar uylari, yotoqxonalar, internatlar, lagerlarda oʻqituvchi;
• enaga
JURNALIST
Kasb tipi – Odam-odam
Jurnalist - malakali mutaxassis, adabiyotchi, gazeta va jurnallarda adabiy -publitsistik faoliyat bilan shugʻullanadi.
1. Ish faoliyatining mazmuni va ish sharti U turli kasbdagi odamlar bilan bevosita muloqot olib boradi, foydali maʼlumotlarni toʻplaydi, ish sharoiti ofisda, uyda va ish joyida boʻlishi mumkin. Qoida tariqasida ochiq grafik, reglamensiz ish kuni mavjud.
2. Mutaxassislikga qoʻyiladigan talablar. • OAV toʻgʻrisidagi qonun xujjatlari va mualliflik xuquqi asoslari;
• filologiya, adabiy tanqid va chet tillarini yaxshi bilish;
• adabiy taʼrir sohasidagi bilimlar;
• jurnalistika nazariyasi va amaliyoti;
• psixologiya asoslari;
• ijtimoiy va madaniy jarayonlarni taʼlil qilish usullari;
• professional ofis uskunalari.
3. Mutaxassisning individual xususiyatlari • oʻz-oʻzini doimiy rivojlantirishga intilish;
• ogʻzaki va yozma nutqni mukammal bilish;
• kuzatuv;
• yaxshi rivojlangan leksik koʻnikmalar;
• suhbatdoshni tinglash va eshitish qobiliyati;
• rivojlangan analitik va xayoliy fikrlash;
• xotira rivojlanishining yuqori darajasi;
• jismoniy faollik va harakatchanlik;
• yuqori hissiy barqarorlik.