5. Tibbiy monelik Asab tizimining kasalliklari;
ruhiy kasallik; mushak-skelet tizimining disfunksiyalari;
spirtli ichimliklar va giyohvandlikka moyillik.
6. Turdosh kasblar Harbiy,
Ichki ishlar xodimi.
HUQUQ MUHOFAZASI VA XAVFSIZLIK ORGANLARINING TERGOVCHISI
Huquq muhofazasi va xavfsizlik organlarining tergovchisi- Dastlabki tergov jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga muvofiq dastlabki tergov organlari - tergovchilar va surishtiruv organlari tomonidan amalga oshiriladi.
1. Ish faoliyatining mazmuni. Dastlabki tergov jinoyat ishlari boʻyicha sodir etilgan jinoyatlarni, shuningdek, ijtimoiy xavfli va murakkab jinoyatlarni tergov qilishning asosiy shakli hisoblanadi. Ayblanuvchini (gumon qilinuvchini) tergovchiga keyingi chaqirish yoki olib kelish yoki boshqa qattiqroq choralarni qoʻllash, uning turgan joyini aniqlashga qaratilgan tergov harakatlarini amalga oshirish;
Tezkor-qidiruv faoliyatini va dastlabki tergovni amalga oshiruvchi boshqa organlarga tergovda yordam soʻrab murojaat qilishdan iborat.
2. Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar: Mutaxassis Respublikaning Jinoyat kodeksi va Qonunlarini puxta bilishi, inson huquqlariga rioya qilishi, tergovni faqat qonun doirasida olib borishi shart. Bundan tashqari, u kerakli maʼlumotlarni olishi uchun soʻroq oʻtkaza olishi, jinoyatchining harakatlari sabablarini tushuna olishi kerak.
3. Muhim kasbiy sifatlari Oʻz-oʻzini nazorat qilish, psixologik va aqliy safarbarlik; turli masalalarda analitik fikrlash va bilimdonlik; kuzatish, diqqat va sabr-toqat; halollik va chidamlilik ; odamlar bilan ishlash qobiliyati; inson psixologiyasini yaxshi bilish; faktlarni taqqoslash va toʻgʻri xulosa chiqarish, oʻziga ishonch va darhol qaror qabul qilish qobiliyat va x.kz.
4. Kasbning qoʻllanish sohasi Ichki ishlar organlari