Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi



Yüklə 211,14 Kb.
səhifə37/105
tarix15.10.2023
ölçüsü211,14 Kb.
#130286
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105
Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida fan predmetlari

4. Kasbning qoʻllanish sohasi
tuman gaz;
• kommunal xoʻjaligi obyektlari;
• tuman suvsoz;
• qurilish tashkilotlari;
• maishiy xoʻjalik obyektlariPayvandlash kasbining ahamiyati shundaki, u turli tashkilotlar tomonidan talab etiladi. Ushbu mutaxassislar har qanday qurilish tashkilotlari, kommunal xoʻjaligi obyektlari, maishiy xoʻjalik obyektlari, tumansuvsoz va tumangaz tashkilotlarida ishlashlari mumkin.
5. Tibbiy monelik
• asab tizimi kasalliklari;
• aqliy va jismoniy charchoq;
• har xil turdagi allergiya kasalliklari;
• koʻrish qobiliyatining pasayishi;


6. Turdosh kasblar
Suv, gaz nazoratchi operatori, kommunal xoʻjaligi xodimi, ishchi-montajchi.


FOTOGRAF


Kasb tipi – Odam-Badiy obraz


Fotograf-“Odam– Badiiy qiyofa”. Fotograf mutaxasisligi “Odam–Badiiy qiyofa” turiga taalluqli boʻlib, u sanʼat asarlarini yaratish, dizaynlash, modellashtirish bilan bogʻliq. Bundan tashqari “Kasb – Texnologiya” turiga ham tegishli boʻlib, u texnik qurilmalarni oʻrnatish, montaj qilish va sozlash, ulardan foydalanish, jihozlarni taʼmirlash, texnik vositalarni boshqarish bilan bogʻliq. Bundan tashqari, bu kasb “Odam – Odam” turini anglatadi, chunki u odamlar bilan muloqot va oʻzaro aloqalar bilan bogʻliq.
Fotograflik kasbining oʻziga xosligi ijodiy sinfga tegishli boʻlib, u ijodiy faoliyat bilan bogʻliq. Fotograf badiiy fotografiya hamda kompyuter grafikasi boʻyicha mutaxassisligini bilishi kerak.
1. Ish faoliyatining mazmuni.
Fotograf fotosalon, redaksiya, bosmaxona, restoran, korxona, muassasa, tashkilotlar, reklama agentliklarida ish olib boradi. Chinni va sopol idishlar ishlab chiqarish korxonalari hamda turli korxona va tashkilotlarda operator, fotograf, interer hamda foto dizayner sifatida ish olib boradi. Bayram tadbirlari, ziyoratgohlar, dam olish maskanlari, turli oilaviy tadbirlarda ishtirok etib, xalqimizning baxtiyor damlaridan esdalik uchun suratlarga olib, portret va esdalik albomlari tayyorlaydi.
Fotosuratchi qora-oq, rangli kinolarda statsionar va chiqish sharoitidagi turli xil (odamlar, binolar, tabiat va boshqalar) suratlarni oladi.
U tuzatish, negativ, retushlar qilib rasmlarni koʻrsatadi. Fotosuratchi raqamli muhitda olingan boʻlsa, tasvirni qayta ishlash dasturlari bilan ishlaydi.
Fotografiya ijod uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Mutaxassislarning fikricha, bu sanʼatdan biridir. Fotografning ishi badiiy fotografiyani oʻz ichiga oladi.

Yüklə 211,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin