6. Turdosh kasblar Kompyuter operatori;
Web-dizayner;
8. Kimyo fani doirasida kasblar toʻgʻrisida maʼlumot TEXNIK-TEXNOLOG
Kasb tipi –Odam — Texnika
Texnik-texnolog (muhandis) — bu yuqori texnik maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassis.
1. Ish mazmuni va ish sharti Texnik-texnologning kundalik ishidagi asosiy narsa mahsulot yoki tovarlarni ishlab chiqarish jarayoniga hamroh boʻladigan operatsiyalar ketma-ketligi va sifatiga rioya qilinishini nazorat qilishdir. Texnik-texnolog faoliyatining oʻziga xos tarkibi uning ish joyiga qarab (ishlab chiqarishda yoki ilmiy-tadqiqot laboratoriyasida, oziq-ovqat mahsulotlari yoki sanoat tovarlari ishlab chiqarishda) sezilarli darajada farq qiladi.Masalan, mashinasozlik zavodida texnik-texnolog rolik ishlab chiqarish ustaxonasida ishlaydi.
Ish sharti. Texnik-texnolog (muhandis) tegishli mikroiqlimga ega xonada ishlaydi (masalan, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda). Gigiyena talablarining oshishi, ish kiyimining majburiy kiyilishi talab etiladi. Ish intellektual kuch talab qiladi. Texnik-texnolog (muhandis) ishda (ish joyining oʻziga xos xususiyatlariga qarab) maxsus uskunalar va vositalardan foydalanadi. Texnik-texnolog (muhandis)lar turli sohalarda ishlaydilar:
• ishlab chiqarishda (oziq-ovqat va nooziq-ovqat sanoatida);
• qurilishda (obyektlar va tizimlarning xavfsizligini taʼminlashda);
• tabiiy xom-ashyo qazib olish va qayta ishlash korxonalarida;
• ilmiy-tadqiqot institutlarining ixtisoslashtirilgan laboratoriyalarida;
• texnologik laboratoriyalarda (yangi ishlab chiqarish mahsulotlarini ishlab chiqish);
• murakkab va xavfli texnik tizimlarda (AES) va harbiy obyektlarda;
• oʻquv yurtlarining kafedralarida.