Mutaxassisning bilim va koʻnikmalariga qoʻyiladigan talablar:
Malakali duradgor quyidagilarni bilishi kerak:
• yogʻoch materiallarning turlarini ajrata bilish;
• yogʻoch materiallarga dastlabki ishlov berish, kesish, randalash, teshish;
• yogʻoch materiallardan foydalanib konstruktiv elementlarni yigʻish;
• yogʻoch materiallardan tejab foydalanish;• mehnat muhofazasi nizomiga rioya qilish;
• yogʻoch yuzalarni zamon talabi asosida pardozlash, duradgorlik va yogʻochni qayta ishlash dastgohlarida ishlash.Malakali duradgor quyidagi koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak:
• diqqatni bir joyga yigʻish;• masʼuliyatlilik;
• qoʻl mehnatiga talab;• texnika bilan ishlashga talab;
• ijodiy ishlashga talab;• extiyotkorlik;• koʻz bilan chamalash;• ijodiy did.
Muhim kasbiy sifatlari
• duradgor kasbiga oʻxshash kasb sohalarida ishlash
• duradgor aniq oʻzining sohasida ishlashi;
• kasbni rivojlantirishi uchun oʻz ustida ishlashi va yangi texnologiyalar ishlab chiqish;
• aniq bir yoʻnalishda oʻz ustida ishlashi talab etiladi;
• duradgor oʻxshash kasbni egallashi, bu-dizayner, duradgor, taʼmirlovchi, pol
Kasbning qoʻllanish sohasi
Duradgor quyidagi korxonalarda ishlashi mumkin:
• mebel ishlab chiqarish korxonasi;
• yakka tartibdagi tadbirkorlik;• xususiy korxonalarda.
Tibbiy monelik
• asab tizimi;
• yurak qon tizimi;
• umurtqa pogʻonasi kasalligi;
• nafas olish yoʻllari; har xil turdagi allergiya kasalliklari;
• teri kassalligi;
• koʻrish va eshitish qobiliyatining pasayishi;
• oshqozon ichak kassaligi.
Turdosh kasblar
• parket va pol yotqizish ishlari ustasi;
• yogʻochni qayta ishlash dastgohchisi;
• arralovchi dastgohchi;
• yogʻochni qayta ishlash texnik texnologi
• qurilish duradgori.