Oʻzbekiston respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’lim tashkilotlarida oʻtkaziladigan “Mustaqillik darsi” va mashg‘ulotni tashkil etishda foydalanish uchun tavsiya etiladigan namunaviy



Yüklə 94,74 Kb.
səhifə8/9
tarix26.11.2023
ölçüsü94,74 Kb.
#134887
1   2   3   4   5   6   7   8   9
“Мустақиллик дарс” ишланмаси

Darsning borishi
Tashkiliy qism: salomlashiladi, oʻquvchilar davomati aniqlanadi, sinf xonasining tozaligi va oʻquvchilarning darsga tayyorgarlik holati koʻzdan kechiriladi, sinf qatorlari boʻyicha yetakchi sardorlar belgilab olinadi.
Oʻquvchilarning bilimlarini takrorlash: oʻquvchilarning dastlabki bilimlarini takrorlab olish maqsadida quyidagi tarqatma savollar bilan murojaat qilinadi (yosh darajasiga koʻra savollar berilgani ma’qul).

  1. Oʻzbekiston qachon mustaqil davlat deb e’lon qilingan?

  2. “Mustaqillik” soʻzining ma’nosini bilasizmi?

  3. Davlat ramzlarimiz haqida soʻzlab bering.

  4. Ma’rifatparvar shaxslardan kimlarni bilasiz?

  5. Soʻnggi yillarda olib borilgan islohorlarni ayting.

  6. Yangilangan Konstitutsiyada qanday oʻzgartirishlar kiritildi?

  7. Oʻz huquq va erkinliklaringizni bilasizmi?



Yangi mavzu bayoni: Vatanimiz 1991-yilning 31-avgustida mustaqil davlat ekanligi e’lon qilindi. Shu kundan e’tiboran 1-sentabr “Mustaqillik kuni” bayram sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan soʻng biz oʻzligimizni, qadriyatlarimizni, maʻnaviyatimizni teran anglay boshladik. Oʻzbek nomining shon-u shavkati, gʻururi dunyoga tanildi. Ajdodlarimizning azaliy orzusi ushalib, yurtimiz mustaqillikni qoʻlga kiritganiga ham 32 yil toʻldi.


Vatan madhi
Kimga dasht boshpana, kimgadir gulzor,
Har kimning sigʻingan sajdagohi bor.
Har hovuch tuprogʻi koʻzga toʻtiyo,
Biz uchun qadrdon shu aziz diyor.

Oʻping, koʻzingizga suring tuprogʻin,
Har soʻzin muqaddas duodek seving.
Qadang yuraklarga millat bayrogʻin,
Vatanni Najmiddin Kubrodek seving.

Koʻnglimning gavhari shu aziz maskan,
Fidodir hamisha unga jon-u tan.
Otalar himmatin yodi mashʻali,
Onalar oq suti hurmati – Vatan.

Oʻping, koʻzingizga suring tuprogʻin,
Har soʻzin muqaddas duodek seving.
Qadang yuraklarga millat bayrogʻin
Vatanni Najmiddin Kubrodek seving. (Muhammad Yusuf)


(Bu paytda monitor orqali yurtimizda roʻy berayotgan oʻzgarishlar, erishilgan yutuqlar, yangi qurilgan ishlab chiqarish korxonalari, namunaviy tipda qurilgan uy-joy binolari, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar aks etgan videolavha namoyish etilib turiladi)
Istiqlol davrining yilma-yil tahlili yana bir muhim xulosani aytishga asos beradi: Oʻzbekistonimizning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy qiyofasi batamom oʻzgardi. Odamlar tafakkurida keskin sifat oʻzgarishi sodir boʻldi.
Bugungi xalq 32 yil burungi xalq emas. Bu oʻzgarishlar kelajakda qanday shirin mevalar berishini bir koʻz oʻngimizga keltirib koʻraylik. Shunda koʻngilga baxtiyor umidbaxshlik, shukr va faxr hissi ko‘rinadi. Mustaqillik, avvalo, millatning oʻz taqdirini oʻzi belgilash huquqini kafolatlaydi. Bu degani esa - biz millat, xalq sifatida taqdirimiz bilan bogʻliq barcha masalalarni oʻzimiz hal etishimiz lozimligini anglatadi.
Mamlakat hayotida yuz berayotgan oʻzgarishlarni uchta - siyosiy, iqtisodiy
va ma’naviy islohotlar
ga boʻlib tahlil etish mumkin.
Siyosiy jihatdan Oʻzbekiston Respublikasi jahondagi teng huquqli mustaqil davlat sifatida yuz koʻrsatdi. Xalqaro maydonda munosib oʻrinni egalladi. Oʻz ovoziga, oʻziga xos mavqeyiga ega boʻldi. Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qoʻlga kiritgach, davlat ramzlariga ega boʻldi. Oʻz tiliga, qomusiga, gerbiga, bayrogʻiga, Prezidentiga, Madhiyasiga, chegarasiga, milliy valyutasiga va milliy armiyasiga ega boʻldi.
Iqtisodiy jihatdan Mustaqillik yillarida iqtisodiy mustaqillikka erishdik: avtomobil va transport sanoati rivojlandi. Davlatimiz gʻalla mustaqilligiga erishdi. Mamlakatimiz agrar davlatdan industrlashgan mamlakatga aylandi. Avvalari mamlakatimiz xom-ashyo bazasiga aylangan boʻlsa, endilikda paxtani qayta ishlash, undan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari qurildi.
Shahar va qishloqlarimiz qiyofasi oʻzgarib, chiroy ochib, ta’lim muassasalari, guzar, choyxona, toʻyxona va doʻkonlar ham iqtisodiy salohiyatimizdan dalolat beradi.
Ma’naviy jihatdan yurtimizdagi oʻzgarishlarga alohida toʻxtalish lozim. Tilga, tarixga, merosga, dinga, urf-odatlarga, an’ana va qadriyatlarga, adabiyot va san’atga boʻlgan munosabatning oʻzgarganligini misollar bilan sanab sanogʻiga yetish qiyin.
Murakkab iqtisodiy sharoitlarga qaramay, davlat xalqimizning farovon hayotini ta’minlash, kelajagi uchun qaygʻurib, ta’lim tizimiga qanchadan qancha mablagʻ ajratilmoqda.

Yüklə 94,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin