Ayirboshlash o’byektining moddiy shakl jihatidan bozorning quyidagi turlari mavjud: 1.Iste’mol tovarlari va xizmatlar bozori (bu bozor aholi iste’moli uchun zarur bo’lgan tovar va xizmatlarni ayirboshlash uchun xizmat qiladi. Unga davlat, kooperativ, tijorat savdosi, dehqon bozori, chayqov bozori kabilar kiradi. Iste’mol bozori o’zining holatiga qarab itkki xil bo’ladi: a) «to’yingan bozor» ya’ni tovarlar talabiga yetarli bo’lgan bozor; b) «taqchil yoki och bozor», ya’ni tovarlar surunkali yetishmay qolib, talabga javob bera olmaydigan bozor). 2.Ishlab chiqarish vositalari bozori (mehnat qurollari, hamda, xom-ashyo, yoqilg’i va metallarning oldi-sotdi bozoridir). 3.Moliya bozori (bu jamiyatdagi moliya xizmatlari bozoridir. Moliya bozori tarkibiga quyidagilar kiradi:-pul bozori;-qimmatli qog’ozlar bozori;-valyuta bozori; -investitsiya bozori;-ssuda kapitali bozori;-sug’urta bozori. Moliya bozorida ikki guruhdan iborat sub’yektlar pul bilan munosabat qiladilar.
Birinchisi-pul egalari yoki uni saqlab turuvchilar.Bunga aholi, firma, kompaniya va davlat muassasalari kiradi. Ikkinchisi-pulga muhtoj bo’lgan sub’yektlardir. Qimmatli qog’ozlar bozori-u daromad keltiruvchi qimmatli qog’ozlar: aktsiya, obligatsiya, veksel, chek, depozit, sertifikatlarning oldi-sotdi qilinishidir. Bu bozor fond birjasi, deb yuritilib, u yerda yirik korporatsiyalarning markaziy va mahalliy davlat mahkamalarining qimmatli qog’ozlari sotildai va sotib olinadi). 4.Valyuta bozori (bu yerda turli mamlakatlar valyuta oldi-sotdi qilinadi. Valyutani oldi-sotdi qilish operatsiyalari bilan O’zbekistonda respublika Markaziy banki, respublika tashqi iqtisodiy Milliy banki va ish faoliyat uchun ruxsat berilgan banklar shug’ullanadi. Valyuta bozorida muomalalar naqd yetkazib berish (spot) bilan yoki valyutani kelishilgan vaqtdagi kurs bo’yicha ma’lum muddatda (1-3 oy va undan keyin) yetkazib berish (forvard) shaklida amalga oshiriladi. Valyuta muomalalari, asosan, AQSH dollarida olib boriladi). 5.Mehnat bozori (bu ish kuchini oldi-sotdi) 5.Mehnat bozoro (bu ishchi kuchini oldi-sotdi qilish munosabatini bildiradi. Bu yerda tovar bozoridan farqi o’laroq, insonning o’zi emas, balki uning mehnat qilish qobiliyati oldi-sotdi shartnomasini tuzish asosida, malum muddatga sotiladi).6. Intellektual tovarlar bozori (bu bozorning maxsuz turi bo’lib, aqLiy mehnat mahsuli bo’lmish tovarlar va xizmatlarning ayir-boshlanishini bildiradi. Bu bozorda sotuvchilar va xaridorlar maxsuz tovar hisoblangan ilmiy g’oyalar, texnikaviy yangiliklar,sanat va adabiyot asarlari, xilma-xil axbarotlar oldi-sotdi yuzasidan o’zaro munosabatda bo’ladilar. Intellektual bozor turli ko’rinishlarda bo’lishi mumkin. Jumladan:-ilmiy texnik ishlanmalar bozori;-tasviriy sanat bozori;-musiqa bozori;-antikvar buyumlar bozori;-kino bozori;-axbarot bozori va hokazo).7.Shou-biznes(madaniy) bozor (bu bozor yordamida har xil pullik tomoshalar ko’rsatish yo’li bilan baromad topiladi. Shou-biznes bozori bilan maxsuz firmalar, madaniy-musiqiy uyushmalar yoki ayrim biznesmenlar shug’ullanadi. Shou-biznesdan tushadigan daromad aholidan olinadigan tomosha haqi, firmalardan tushadigan reklama puli, tomoshabinlarga savdo-maishiy xizmat ko’rsatish haqi va boshqalardan shakllanadi).
Dostları ilə paylaş: |