O’zbekiston respublikasi mudofa vazirligi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti jismoniy Tayyorgarlik fanidan



Yüklə 151,26 Kb.
səhifə6/9
tarix08.04.2023
ölçüsü151,26 Kb.
#125001
1   2   3   4   5   6   7   8   9
4.6 Jismoniy tayyorgarlik Mamajonov Diyorbek

Saflanish - talabaiarning o‘qituvchi buyrug‘idan so‘ng biron-bir safda turish uchun bajariladigan harakatdir. Saflanishlarda, o'qituvchi barcha talabalar ko‘ra oladigan joyda turishi shart.
Mashg‘ulot oldidan guruh qoida bo‘yicha bir qator bo'lib, ayrim hollarda esa ikki qatorda saflanadi.
Saflanish uchun: «Bir, ikki, uch qatorga SAF-LAN!» buyrug‘i beriladi. Buyruq berilishi bilan guruh sardori yoki navbatchi safning old tomoniga qarab «ROST-LAN!» holatida turadi, guruh uning chap tomonida saflanadi.
Guruhning mashg‘uiotga tayyorligi to‘g‘risida raport berishdan oldin sardor (navbatchi) guruh safini tekislaydi, uni sanatib chiqadi so‘ng, «ROST-LAN!», «O'NG-GA TEKIS-LAN!», («CHAP-GA!», «O‘RTA-GA») buyrug‘ini beradi.
Guruh sardori (navbatchi) o'qituvchiga 2-3 qadam yetmasdan (shaxdam qadam bilan) to‘xtaydi va raport beradi: «O‘rtoq o‘qituvchi! ... fakultetining ... kurs ... guruhi mashg‘ulot o‘tish uchun saf-landi. Ro‘yxat bo‘yicha... kishi, safda... kishi. Sardor (navbatchi)...». Keyin eng qisqa yo‘l bilan o‘qituvchi turgan tekislikka borib, safga qarab turadi. O‘qituvchi salomlashib, guruh javob qaytargandan so‘ng guruh sardori (navbatchi) o‘qituvchining «ERKIN!» buyrug‘ini takrorlaydi va safning o‘ng qanotiga turadi.
Saflanish va raport berishni tantanali ruhda o‘tkazish lozim.
Mashg‘ulot boshlanishidan oldin raport berilishiga o‘qituvchining jiddiy munosabatda bo‘lishi, uning tashqi qiyofasi va qaddi-qomati bu an’ananing muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatishi lozim.
Ketma-ket qatorga saflanish - «Ketma-ket qatorga (bir, ikki, uch va h.k.) SAF-LAN!» buymg'iga binoan bajariladi. Guruh o'qituvchi (navbatchi)ning qo‘li bilan ko‘rsatgan tomonda bajariladi.
Buyruq bo‘yicha qator, ketma-ket, doira va h.k. bo'lib saflanadi. Masalan, «Doiraga ...!»,«Ikki qatorga ...!»
Bir qatordan ikki qatorga qayta saflanish. Dastlab «birinchi» va «ikkinchiga» sanab chiqilgandan so‘ng, «Ikki qatorga SAF-LAN!» buyrug‘i beriladi. Bu buyruqqa ko‘ra, ikkinchi raqamdagiiar chap oyoqni bir qadam orqaga qo‘yadilar (hisob «bir»), o‘ng oyoqni juftlamasdan bir qadam o‘ngga qo‘yadilar (hisob «ikki») va safda birinchi turganning orqasiga o‘tgan holda chap oyoqni juftlaydilar (hisob «uch»).

Yüklə 151,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin