O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Metrologik tavsiflarni aniqlash



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə8/10
tarix03.06.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#116558
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
HARORATNI O\'LCHASH ASBOBLARI.

Metrologik tavsiflarni aniqlash


Metrologik tavsiflarni aniqlashni qiyoslanayotgan termometr ko‘rsatkichining etalon termometr ko‘rsatkichi bilan bevosita solishtirish usulida aniqlanadi. Buning uchun ikkala termometr quyidagi: -50; 0; +50; +100; +150;
+199.90; +250; +300 ºS haroratdagi issiqlik eltuvchilari bo‘lgan suyuqlik termostatlarga joylashtiriladi. Termometrlarni ko‘rsatilgan qiymatlardan ±1ºS ga og‘ishiga yo‘l qo‘yiladi, bundan 0 va +199.90ºS nuqtalar istis’no qilinadi. 0ºS nuqtada issiqlik elituvchini haroratlarida manfiy (-) tomonga og‘ishiga yo‘l qo‘yilmaydi. +199.90ºS nuqtada issiqlik elituvchini haroratlarida musbat (+) tomonga og‘ishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Manfiy harorat oblastida termometrni mutlaq xatoliklarini aniqlash.
-50 dan 0ºS gacha diapazondagi issiqlik elituvchining haroratlarini ushlab turishni ta’minlovchi, past haroratli termostat (masalan, «Termotest-05- 02») yoqiladi. Termostatga, uni yordamida etalon bo‘lgan va qiyoslanadigan termometrlar issiqlik elituvchi joylashadigan kaseta o‘rnatiladi. Termostatni issiqlik elituvchini haroratlari (-50±1) ºS ga teng rejimga o‘tkaziladi. Issiqlik elituvchini harorati etalon termometr ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazorat qilib turiladi.
Termometr datchigi issiqlik elituvchiga 75 mm. dan kam bo‘lmagan chuqurlikda botiriladi. Ikki minut muddat o‘tgandan keyin, 30 sekund vaqt oraliqlarida etalon bo‘lgan va qiyoslanadigan termometrlardan 10 tadan kam bo‘lmagan ko‘rsatkich olinadi. O‘lchash natijalarini jadvalga kiritiladi. Termometr
ko‘rsatkichlarini o‘rtacha qiymatlari aniqlanadi va ular orasidagi farqlar hisoblab chiqiladi.

      1. Termostatning issiqlik elituvchisi haroratlarini 0 dan +1 ºS gacha ushlab turuvchi rejimga o‘tkaziladi. Issiqlik elituvchini harorati etalon termometrni ko‘rsatkichlari bilan nazorat qilinadi. Qiyoslash 3.1.2-bandda bayon etilgandek amalga oshiriladi.

3.2.Termometrni mutlaq xatoliklarini 0 dan+100 ºS gacha diapazonda aniqlanadi.
3.2.1 Issiqlik elituvchining haroratini 0 dan +100 ºS gacha diapazonda quvvatlab turishini ta’minlab beruvchi termostat (masalan «Termotest-100») yoqiladi. Termostatga termometr uchun kaseta o‘rnatiladi.
3.2.2. 3.1.2 bandda bayon etilgandek +50 va +100 ºS haroratlarda qiyoslash amalga oshiriladi.
3.3 Termometrni mutlaq xatoliklarini +100 dan +300 ºS gacha bo‘lgan diapazonda aniqlash.

      1. Issiqlik elituvchini haroratini +100 dan +300 ºS gacha bo‘lgan diapazonda ushlab turishni ta’minlab beruvchi termostat (masalan «Termotest- 300») yoqiladi. Termostatga termometr uchun kaseta o‘rnatiladi (Davlat standarti ilovalarida taqdim etilgan kasetalardan jamlangan kaseta).

      2. 3.1.2 bandda bayon etilgan usul bo‘yicha +150, +199,90, +250 va

+300 ºS haroratlarda qiyoslash amalga oshiriladi.
3.4. Agar termometr xatoliklari 50 dan +199,99 ºS gacha diapozonda 0.05 ºS moduldan oshmasa va +200 dan +300 ºS gacha diapozonda 0.2ºS moduldan oshmasa qiyoslash natijalari ijobiy hisoblanadi. Agar termometr xatoliklari 50 dan
+199,99 ºS gacha diapozonda 0.05 ºS moduldan va o‘ziga xos ravishda, +200 dan +300 ºS gacha bo‘lgan diapazonda 0.2ºS dan oshsa, unda qiyoslanuvchi uslubiyat bo‘yicha temometrni individual koeffitsientlari bilan to‘g‘rilanadi. Darajalashtirish koeffitsienti to‘g‘rilangandan so‘ng, termometrni metrologik tavsifini aniqlashni qayta o‘tkazish kerak. Agarda termometrni mutlaq xatoliklari to‘g‘rilangandan keyin ham 50 dan +199,99 ºS gacha diapozonda 0.05 ºS
moduldan va o‘ziga xos ravishda, +200 dan +300 ºS gacha bo‘lgan diapazonda

    1. ºS oshsa, unda termometr yaroqsiz deb topiladi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin