Laboratoriya qurilmasini bayoni
Termometrlarni qiyoslash uchun Davlat standarti uslubiyati bo‘yicha turli xildagi termometrlarni qiyoslash uchun foydalaniladigan, maxsus qurilmani yig‘ish kerak. 1.9-rasmda termometrlarni qiyoslash uchun laboratoriya qurilmani umumiy ko‘rinishi keltirilgan. 1.10-rasmda esa laboratoriya qurilmasini prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan.
1.9-rasm. Termometrni qiyoslash uchun laboratoriya ishini umumiy ko‘rinishi.
1.10-rasm. Laboratoriya qurilmasini prinsipial sxemasi.
Termometrlarni qiyoslash uchun laboratoriya qurilma bir vaqtni o‘zida ikki turlicha bo‘lgan termometrlarni qiyoslashga mo‘ljallangan (1.10-rasm). Namunaviy termometr sifatida aniqlik sinfi 0,01 bo‘lgan simobli termometr olinadi. Barcha uchta termometrlar bitta kameraga bir xil satxlarda o‘rnatilgan. Qiyoslanadigan termometr sifatida elektron termoelektrik termometr va spirtli
termometr qo‘llaniladi. Elektron termometr maksimal darajada to 300oS gacha o‘lchaydi, simobli termometr 90oS gacha va spirtli termometr 70oS gacha o‘lchaydi. Termostatni qizdiriluvchi kamerasiga 12 volt qiymatdagi kuchlanish beriladi. Termometrlarni qiyoslash Davlat standartlari uslubiyati bo‘yicha, termometrlar qiymatini oshib borish va kamayib borish qiymatlari bo‘yicha o‘tkaziladi. Qurilma kompyuterga ulangan. Ma’lumotlarni qayd etuvchiga kiritgandan so‘ng, qayd etuvchining tugmasini bosish kerak va bu bilan ma’lumotlar avtomatik ravishda kompyuterga uzatiladi.
XULOSA
“Tеrmoelеktr tеrmomеtrlar. Minivortmеtrlar va potеntsiomеtrlar” mavzusida rеfеrat yozish davomida tеrmojuftlarning ishlash printsipi, ishlatilish sohalari, o’lchash diyapazoni haqida tushunchalarga ega bo’lish bilan bir qatorda standart tеrmoelеktr bеriomеtrlar turlari va tuzilishi, TEYuKni kompеnsatsion usul yordamida o’lchash usullarini o’rgandim. Bundan tashqari tеrmoelеktr tеrmomеtrning ikkilamchi o’lchash asbobi aftomatik potеntsiomеtr va magnitoelеktrik millivortmеtrlarining ishlash printsipini, tuzilish sxеmalari vazifalari yutuq va kamchiliklari bilan tanishdim. Tеrmoelеktrik tеrmomеtr bilan ikkilamchi asbobni o’lchash tеrmoelеktrod simlar xususiyatlari, xossalari va ularga qo’yilgan talablarni bir so’z bilan aytganda tеrmojuftlar bilan harorat o’lchashning turli usullarni o’rganib chiqdim.
Dostları ilə paylaş: |