33–rasm. Turli qalinlikdagi listlarni birlashtirganda qirralarni tayyorlash
Metall qalinligi 3 mm dan ortiq bo'lganda qiyalik burchagi a= ( 4590º) qilib amalga oshiriladi, chunki uning yo'qligi (ishlov berilmaganlik) payvandlangan birikmaning kesimida ereitilmaganlikka (payvandlanmaganlikka), shuningdek metallning haddan tashqari qizib ketishiga va yonib ketishiga olib kelishi mumkin; eritib payvandlashnii ta'minlash uchun qirralarga ishlov berimagan bo`lsa, elektr payvandchi har doim payvandlash tok kuchi miqdorini oshirishga harakat qiladi. Qirralarni tayyorlash kichik kesimning alohida qatlamlarida payvandlash imkonini beradi, bu payvandlangan birikmaning tuzilishini yaxshilaydi va payvandlash kuchlanishlari va deformatsiyalarining paydo bo'lishini kamaytiradi.
Qirralarning qiyalik burchagi birikmani kesishning ma'lum bir burchagini ta'minlaydi, bu elektrod va yoyning birikmaga chuqur kirishi va ularning butun qalinligi uchun qirralarning to'liq eritilib payvandlanishi uchun zarur. Payvandlash usuli va birikma turiga qarab standart qiyalanish burchagi 20o dan 60gacha o'zgaradi.
Birikma detallari payvandlashdan oldin b tirqish bilan to'g'ri o'rnatilgan bo'lsa, agar tegishli payvandlash rejimi tanlangan bo'lsa, chokning birinchi (ildiz) qatlamini qo'llashda birikmalar kesimiga to'liq eritilishni ta'minlash imkonini beradi. Odatda metallning qalinligiga qarab qabul b= 1…4 mm olinadi.
Qirralarning to‘mtoqligi cildiz chokini amalga oshirishda payvandlash jarayonining barqaror o'tkazilishini ta'minlash uchun amalga oshiriladi. To`mtoqlikning yo'qligi payvandlash paytida kuyishlar paydo bo'lishiga olib keladi, payvandlanadigan materialga qarab c = 1 .. 3 mm.
Qirraning siljishi Δ payvandlangan birikmaning mustahkamlik xususiyatlarini yomonlashtiradi va eritilmaganlik va kuchlanish kontsentratsiyasining shakllanishiga olib keladi.
Qiyalanish uzunligi L, L1qalin payvandlanadigan qismdan yupqaroq qismga silliq o'tishni tartibga soladi, payvandlangan konstruktsiyalarda kuchlanish kontsentratorlari yo'q qilinadi. Uzunlik L – bir tomonlama qiya ishlov berilgan qirralar quyidagi formula bilan aniqlanadi
L= 5 ( S1S)+6, ikki tomonlama qiya ishlov berish uzunligi L1_formula bo‘yicha
L 1 = 2,5 ( S 1S ) +3. Payvandlangan elementlarning qirralari shakliga ko'ra, payvand choklari quyidagilarga bo'linadi (34–rasm): V. simon ; U simon ; X simon.