O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovalar vazirligi


Payvandlash rejimlarini tanlash va hisoblash



Yüklə 7,75 Mb.
səhifə17/67
tarix11.11.2023
ölçüsü7,75 Mb.
#131929
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67
O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovalar vazirligi

2.4.4 Payvandlash rejimlarini tanlash va hisoblash

Payvandlash rejimi – bu belgilangan o'lchamdagi, shakldagi va sifatli payvandlangan choklarni olishni ta'minlaydigan payvandlash jarayonining xususiyatlari to'plami. Barcha yoyli payvandlash usullari uchun bunday xususiyatlar quyidagi parametrlardir: elektrod diametri, payvandlash tok kuchi, yoy kuchlanishi, chok bo'ylab elektrodning harakatlanish tezligi (payvandlash tezligi), tok turi va qutblanganligi. Mexanizatsiyalashtirilgan payvandlash usullarida yana bir parametr qo'shiladi – payvandlash simlarining uzatilish tezligi va himoya gazlarda payvandlashda himoya gazining nisbiy sarfi.


Payvandlash rejimining parametrlari payvandning shakli va o'lchamlariga ta'sir qiladi. Shuning uchun, berilgan o'lchamdagi yuqori sifatli payvand chokini olish uchun payvandlanayotgan metallning qalinligi, chok turi va uning fazoviy holatidan kelib chiqqan holda to'g'ri payvandlash rejimlarini tanlash kerak. Payvand chokining shakli va o'lchamlariga nafaqat payvandlash rejimining asosiy parametrlari ta'sir qiladi; balki texnologik omillar, masalan, tokning turi va zichligi, elektrod va mahsulotning qiyaligi, elektrodning mundshtukdan chiqish uzunligi, birikmaning konstruktiv shakli va tirqishning o'lchamiga ham bo`g`liq.
Qo`lda dastaki payvandlash va himoya gazlari muhitida yarim avtomat payvandlashning asosiy parametrlari quyidagilardir: payvandlash toki, elektrod diametri, payvandlash tezligi, tok turi va qutblanganligi.
Payvandlash rejimini hisoblash har doim birikmaning turi, payvandlanayotgan metallning qalinligi, sim rusumi va eritilgan metallning chok bo'shlig'iga oqishidan himoya qilish usuli ma'lum bo'lganda amalga oshiriladi. Shuning uchun, hisoblashni boshlashdan oldin, GOST 5264–80, GOST 14771–76 bo'yicha berilgan payvandlangan birikmaning konstruktsiyaviy elementlarini o'rnatish kerak.
Payvand birikma va choklar turlari
Payvandlangan birikmaning turi payvandlanadigan elementlarning nisbiy holatiga qarab belgilanadi. Uchma–uch, ustma-ust, tavrli va burchak birikmalari mavjud (17–rasm).


Yüklə 7,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin