Polzunni ushlab turish vaqti ( tush ) quyidagi formula bilan aniqlanadi:
t ush =0,0375· S / n el. +0,75 (soniya) (39)
Elektrodning polzunlarga etishmasligi 5–7 mm ga teng olinadi.
Sim elektrod bilan elektroshlakli payvandlash rejimini hisoblash natijalari 23–Jadvalga kiritilishi kerak.
23–jadval
Simli elektrod bilan elektroshlakli payvandlash usullari
Rejim parametrlari
Payvandlashda
Bir elektrod bilan
Ikki elektrod bilan
Uchta elektrod bilan
burchaklitta elektrod bilan
Birgalikda tirqish, mm
Elektrod diametri, mm
Quruq elektrod uzunligi, mm
Payvandlash toki, A
Shlakli vannaning kuchlanishi, V
Elektrodning uzatish tezligi, m/soat
Payvandlash tezligi, m/soat
Shlakli vannaning chuqurligi, mm
Elektrodlarning ko’ndalang harakatlanish tezligi, m/soat
Polzunni ushlab turish vaqti sek.
Polzunlarga elektrod–ning etishmasligi
5.2. Plastinka elektrodlari bilan elektroshlakli payvandlash rejimlarini hisoblash. Plastinka elektrodlari bilan elektroshlakli payvandlash chok uzunligi 1 – 1,5 m gacha bo’lgan massiv mahsulotlarni birlashtirish uchun ishlatiladi. Plastinka elektrodlari bilan payvandlashda, birlashmadagi detallarning kesimi burchaklitburchaklar shaklga ega bo’lishi kerak.