Toshkent-2023 О‘quv dasturi (sillabus) Alfraganus university nodavlat oliy ta’lim tashkiloti (NOTT) Kengashining 2023 yil “_29_” _avgust _dagi “_№1_” - sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchi:
D.R.Pulatova
– Alfraganus university nodavlat oliy ta’lim tashkiloti Pedagogika va psixologiya kafedrasi p.f.f.d., dots
Taqrizchi: D. Sarimsaqova
Namangan davlat universiteti, p.f.f.d., dots v.b
O’quv dasturi (sillabus) “ALFRAGANUS UNIVERSITY” nodavlat oliy ta’lim tashkiloti “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining 2023 yil “___” ________ dagi ______- sonli majlisida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlashga tavsiya qilindi.
Kafedra mudiri: D.B.Norqo‘ziyev
O’quv dasturi (sillabus) “ALFRAGANUS UNIVERSITY” nodavlat oliy ta’lim tashkiloti “Pedagogika” fakulteti kengashining 2023 yil
“___” _________dagi ___ - sonli majlisida muhokamadan o’tkazilgan.
Fakultet dekani: X.T. Daniyarov
Taʼlim yoʻnalishi: 60110500 – Boshlang'ich ta'lim
Umumiy ma’lumotlar
Fan nomi: PEDAGOGIK ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI
Fan kodi: PITM15MMK
Kredit miqdori: 5
Semestr: 3
Kafedra nomi:“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi
Fan o’qituvchisi: D.R.Pulatova
Email: durdonapulatova88@gmail.com
Fan turi: Majburiy
Ta’lim shakli:
kechki
Baholash shakli:
Imtihon, test
Fan tili:
O‘zbek
Fanning qisqacha mazmuni
Faning maqsadi. Fanni o‘qitishdan maqsad – magistrantlarni pedagogik tadqiqotlarni metodologiyasi va amalga oshirishga tayyorlash, metodologik madaniyatni tarkib toptirish
Fanning vazifalari. Fanning vazifasi – magistrlarning pedagogik tadqiqotlarni metodologiyasining metodologik qoidalarini egallashlarini ta’minlash; ularning tadqiqotlarini tashkil etish va o‘tkazish mantiqini o‘zlashtirishlari uchun sharoit yaratish;magistrlarni magistrlik dissertatsiyasini bajarish jarayonida pedagogik tadqiqotlarni o‘tkazishga tayyorlashdan iborat.
Ta’lim natijalari (TN)
Mazkur fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi: “Pedagogik tadqiqotlarni metodologiyasi” o‘quv fanini o‘zlashtirish
jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:
– pedagogik tadqiqiotlarning mazmun-mohiyati;
– pedagogik tadqiqotlarning asosiy tushunchalari;
– metodologiyasi tushunchasi;
– Pedagogik tadqiqotlarni metodologiyasi tushunchasi;
– pedagogik tadqiqotlarda ilmiy dalillar va ularning roli;
– fundamental, amaliy va innovatsion pedagogik tadqiqotla rni amalga
oshirish hsart-sharoitlari bilimga;
– pedagogik tafakkur uslublari;
– pedagogik tadqiqotlarning metodologik tamoyillari;
– pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari;
– pedagogik tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish;
– pedagogik tadqiqotlar samaradorligi mezonlarini aniqlash;
– pedagogik tadqiqotlarda tizimli yondashuv va ma’lumotlarni qayta ishlash
texnologiyasini qo‘llash ko’nikma;
– pedagogik tadqiqotlar samaradorligini baholash;
– pedagogik tadqiqot natijalarini interpretatsiya qilish;
– pedagogik tadqiqot ishlarini himoyaga tayyorlash va ommalashtirish
malakasiga ega bo‘lishi kerak.