Oʻzbekiston respublikаsi oliy taʻlim, fan va innovatsiya vаzirligi


-rasm Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantiruvchi treningdan keyingi natijalar tahlili



Yüklə 172,1 Kb.
səhifə23/26
tarix25.09.2023
ölçüsü172,1 Kb.
#129371
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Anatatsiya Nazarova Gulnora Norbekovna

3.5-rasm
Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantiruvchi treningdan keyingi natijalar tahlili






N

O‘rtacha rang

Ranglar summasi

W

p

O‘ziga yo‘nalganlik

Natijalarning pasayishi

3

2,00

6,00

-1,604

0,109

Natijalarning oshgani

0

0,00

0,00

Natija o‘zgarmagan

40







Jami

43







Odamlarga yo‘nalganlik

Natijalarning pasayishi

0

0,00

0,00

-2,060

0,039*

Natijalarning oshgani

5

3,00

15,00

Natija o‘zgarmagan

38







Jami

43







Faoliyatga yo‘nalganlik

Natijalarning pasayishi

0

0,00

0,00

-1,342

0,180

Natijalarning oshgani

2

1,50

3,00

Natija o‘zgarmagan

41







Jami

43







Muloqotga yo‘nalganlik

Natijalarning pasayishi

0

0,00

0,00

-1,841

0,066

Natijalarning oshgani

4

2,50

10,00

Natija o‘zgarmagan

39







Jami

43







Tashkilotchilikka yo‘nalganlik

Natijalarning pasayishi

0

0,00

0,00

-2,226

0,026*

Natijalarning oshgani

6

3,50

21,00

Natija o‘zgarmagan

37







Jami

43







O‘z-o‘zini baxolash

Natijalarning pasayishi

0

0,00

0,00

-2,214

0,027*

Natijalarning oshgani

6

3,50

21,00

Natija o‘zgarmagan

37







Jami

43







Uilkokson mezoni bo‘yicha o‘ziga yo‘nalganlik shkalasida ishonchli tafovutlar kuzatilmagan bo‘lsada, sinaluvchilarimizning 3 tasida o‘z farovonligi motivlarining ustunligi, shaxsiy ustunlik va obro‘ga intilish, o‘zi bilan ovora bo‘lish, his-tuyg‘ular, tajribalar, ish va guruhdoshlarning manfaatlaridan qat’i nazar, o‘z da’volarini qondirish qobiliyati pasayishini, 40 ta sinaluvchilar natijalari o‘zgarmaganini kuzatdik (W=-1,604; r˃0,05).


Jamoaviy faoliyatlarni tashkil qilishga intilish, o‘z manfaatlaridan ko‘ra boshqalarning manfaatlarini ustun qo‘yish, atrofdagilarga yordam berish hususiyatlari ya’ni odamlarga yo‘nalganlik shkalasida ishonchli farqlar kuzatildi (W=-2,060; r<0,05). Unga ko‘ra 5 ta sinaluvchimizda muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, atrofdagilar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish, birgalikda faoliyat olib borish istagi ortganini, 38 ta talabada o‘zgarishsiz qolganini guvohi bo‘ldik
Faoliyatga yo‘nalganlik shkalasida 2 ta sinaluvchida muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, ishda, o‘qishda hamkasblari bilan yaxshi munosabatlarni saqlash istagi, o‘qishga qiziqish, mehnatga ishtiyoq va kasbiy rivojlanish, faoliyat natijasiga haqida o‘ylash ortganini, 41 ta sinaluvchida shkala natijalari o‘zgarishsiz qolganini kuzatdik (W=-1,342; r˃0,05).
Uilkokson mezoni bo‘yicha muloqotga yo‘nalganlik shkalasida ishonchli tafovutlar kuzatilmagan bo‘lsada, 4 ta sinaluvchilarimizda muloqotchanlik, shaxslararo munosabatlarga kirishuvchanlik, odamlar bilan aloqa o‘rnatish qobiliyati, aloqalar sohasini kengaytirish istagi, odamlarni tinglash va tushunish, ularga ta’sir qilish, ular bilan yaxshi shaxsiy va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish xususiyatini oshganini, 39 ta sinaluvchimizda o‘zgarishsiz qolganini kuzatdik (W=-1,841; r˃0,05).
Tashkilotchilikka yo‘nalganlik shkalasida ishonchli farqlar kuzatildi (W=-2,226; r<0,05). Vaziyatlarda orientatsiya tezligi, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, talabchanlik, mustaqillik, rejalashtirish, tartibga solish qobiliyati 6 ta talabada rivojlanganini, 37 ta talabada o‘zgarishsiz qolganini guvohi bo‘ldik.
Insonning o‘ziga va uning shaxsiga, faoliyati, xulq-atvorining individual jihatlariga beradigan ahamiyati, insonning o‘zi, imkoniyatlari, fazilatlari hamda boshqa odamlar orasidagi o‘rnini baholashi ya’ni o‘z-o‘zini baholash 6 ta sinaluvchilarimizda oshgan bo‘lsa, 37 ta sinaluvchilarimizda o‘zgarishsiz qolgan (W=-2,214; r<0,05).
Treningdan keyingi natijalar tahlilini 3.6-rasmda aks ettirdik.


3.6-rasm. Tajriba guruhimizning treningdan keyingi natijalari

Yuqorida keltirilgan ijtimoiy-psixologik treningning talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishga ijobiy ta’siri statistik jihatdan eksperimental guruhlarida Vilkokson mezoni bo‘yicha o‘rtacha qiymatlarning tengligini tahlil qilish natijalari bilan tasdiqlanadi.


Tadqiqotimizda Spirmon korrelyatsion tahlilidan foydalandik va bu mezonda V.Smekal, M.Kucheraning Shaxsiy yo‘nalganlikni aniqlash metodkasi, V.V. Sinyavskiy, V.A. Fedoroshinaning Muloqotmandlik va tashkilotchilikka moyillik testi, Dembo-Rubinshteynning "O‘z-o‘zini baholash" metodikalari o‘rtasidagi bog‘liqlik qonuniyatlarini kuzatdik, natijalarning tahliliga ko‘ra bir qator shkalalarda bog‘liqlik kuzatildi (3.6-jadval).
3.6-jadval
Metodikalari o‘rtasidagi bog‘liqlik (Spirmon mezoni asosida)






Odamlarga yo‘nalganlik

Faoliyatga yo‘nalganlik

Muloqotga yo‘nalganlik

Tashkilotchilikka yo‘nalganlik

O‘z-o‘zini baxolash

O‘ziga yo‘nalganlik

-0,528**

0,098

-0,282*

-0,339**

-0,543**

Odamlarga yo‘nalganlik

1,000

0,004

0,336**

0,335**

0,562**

Faoliyatga yo‘nalganlik




1,000

-0,046

0,432**

-0,071

Muloqotga yo‘nalganlik







1,000

0,511**

0,126

Tashkilotchilikka yo‘nalganlik










1,000

0,598**

Izoh: * p≤0,05; ** p≤0,01; *** p≤0,001

Korrelyatsion tahlil natijalariga ko‘ra V.Smekal, M.Kucheraning Shaxsiy yo‘nalganlikni aniqlash metodkasi o‘ziga yo‘nalganlik va odamlarga yo‘nalganlik shkalalari o‘rtasida manfiy korrelyatsiya aniqlandi (r=-0,528; p<0,01). Respondentlarimizda shaxsiy ustunlikka, obro‘-e’tiborga intilish, o‘z manfaatlari, hissiyotlari, ehtiyojlarini boshqalarnikidan ustun qo‘yish ortgani sari muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, jamiyat uchun kerakli bo‘lish hissi, do‘st va yaqinlarga g‘amxo‘rlik aksincha pasayadi.


O‘ziga yo‘nalganlik va muloqotga yo‘nalganlik shkalalari o‘rtasida manfiy korrelyatsiya aniqlandi (r=-0,282; p<0,05). Muloqotchanlik, shaxslararo munosabatlarga kirishuvchanlik, odamlar bilan aloqa o‘rnatish qobiliyati, aloqalar sohasini kengaytirish istagi, odamlarni tinglash va tushunish, ularga ta’sir qilish, ular bilan yaxshi shaxsiy va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish rivojlangani sari o‘z farovonligi motivlarining ustunligi, shaxsiy ustunlik va obro‘ga intilish, o‘zi bilan ovora bo‘lish, his-tuyg‘ular, tajribalar, ish va guruhdoshlarning manfaatlaridan qat’i nazar, o‘z da’volarini qondirish qobiliyati pasayadi yoki aksincha.
O‘ziga yo‘nalganlik va tashkilotchilikka yo‘nalganlik shkalalari o‘rtasida manfiy korrelyatsiya aniqlandi (r=-0,339; p<0,01). Shaxsiy yo‘nalish o‘z farovonligi motivlarining ustunligi, shaxsiy ustunlik va obro‘ga intilish, o‘zi bilan ovora bo‘lish, his-tuyg‘ular, tajribalar, ish va guruhdoshlarning manfaatlaridan qat’i nazar, o‘z da’volarini qondirish qobiliyati ortgani sari guruh oldiga vazifani to‘g‘ri belgilash, uning bajarilishini nazorat qilish, vazifalarni taqsimlash va eng muhimi, qiyin ekstremal vaziyatda o‘z vaqtida harakat qilish qobiliyati pasayadi.
O‘ziga yo‘nalganlik va o‘z-o‘zini baholash shkalalari o‘rtasida manfiy korrelyatsiya aniqlandi (r=-0,543; p<0,01). Insonning o‘ziga va uning shaxsiga, faoliyati, xulq-atvorining individual jihatlariga beradigan ahamiyati, insonning o‘zi, imkoniyatlari, fazilatlari hamda boshqa odamlar orasidagi o‘rnini baholash ortgani sari o‘ziga yo‘nalganlik ya’ni o‘z farovonligi motivlarining ustunligi, shaxsiy ustunlik va obro‘ga intilish, o‘zi bilan ovora bo‘lish, his-tuyg‘ular, tajribalar, ish va guruhdoshlarning manfaatlaridan qat’i nazar, o‘z da’volarini qondirish qobiliyati pasayadi.
Odamlarga yo‘nalganlik va muloqotga yo‘nalganlik shkalalari o‘rtasida musbat korrelyatsiya aniqlandi (r=0,336; p<0,01). Jamoaviy faoliyatlarni tashkil qilishga intilish, o‘z manfaatlaridan ko‘ra boshqalarning manfaatlarini ustun qo‘yish, atrofdagilarga yordam berish hususiyatlari rivojlangani sari muloqotchanlik, shaxslararo munosabatlarga kirishuvchanlik, odamlar bilan aloqa o‘rnatish qobiliyati, aloqalar sohasini kengaytirish istagi, odamlarni tinglash va tushunish, ularga ta’sir qilish, ular bilan yaxshi shaxsiy va ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish ham rivojlanadi.
Odamlarga yo‘nalganlik va tashkilotchilikka yo‘nalganlik shkalalari o‘rtasida musbat korrelyatsiya aniqlandi (r=0,335; p<0,01). Birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishda boshqa odamlar bilan o‘zaro munosabatlarga yo‘naltirilganlik ortgani sari qiyin vaziyatlarda orientatsiya tezligini, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, talabchanlik, mustaqillik, rejalashtirish, tartibga solish qobiliyati ham ortadi.
Odamlarga yo‘nalganlik va o‘z-o‘zini baholash shkalalari o‘rtasida musbat korrelyatsiya aniqlandi (r=0,562; p<0,01). Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, atrofdagilar bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolish, birgalikda faoliyat olib borish istagi ortgani sari insonning o‘ziga va uning shaxsiga, faoliyati, xulq-atvorining individual jihatlariga beradigan ahamiyati, insonning o‘zi, imkoniyatlari, fazilatlari hamda boshqa odamlar orasidagi o‘rnini baholash ham ortadi.
Faoliyatga yo‘nalganlik va tashkilotchilikka yo‘nalganlik shkalalari o‘rtasida musbat korrelyatsiya aniqlandi (r=0,432; p<0,01). Shaxsning xatti-harakatlari muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, ishda, o‘qishda hamkasblari bilan yaxshi munosabatlarni saqlash istagi, o‘qishga qiziqish, mehnatga ishtiyoq va kasbiy rivojlanish, faoliyat natijasiga haqida o‘ylash ortgani sari qiyin vaziyatlarda orientatsiya tezligi, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, talabchanlik, mustaqillik, rejalashtirish, tartibga solish qobiliyatini aniqlash ortadi.
Muloqotga yo‘nalganlik va tashkilotchilikka yo‘nalganlik shkalalari o‘rtasida musbat korrelyatsiya aniqlandi (r=0,511; p<0,01). Odamda muloqot qilish istagi, uning do‘stlarining sonini ko‘p bo‘lishini istashi, do‘stlar davrasida bo‘lishni yoqtirish, yangi odamlarga, jamoaga tez ko‘nikishi, yig‘ilishlarda ma’ruza qilish, begonalar bilan aloqa o‘rnatishi, tinglovchilar auditoriyasida gapirishi rivojlangani sari vaziyatlarda orientatsiya tezligi, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, talabchanlik, mustaqillik, rejalashtirish, tartibga solish qobiliyati ham rivojlanadi.
Tashkilotchilikka yo‘nalganlik va o‘z-o‘zini baholash shkalalari o‘rtasida musbat korrelyatsiya aniqlandi (r=0,598; p<0,01). Vaziyatlarda orientatsiya tezligi, tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, talabchanlik, mustaqillik, rejalashtirish, tartibga solish qobiliyati rivojlangani sari insonning o‘ziga va uning shaxsiga, faoliyati, xulq-atvorining individual jihatlariga beradigan ahamiyati, insonning o‘zi, imkoniyatlari, fazilatlari hamda boshqa odamlar orasidagi o‘rnini baholashi ham rivojlanadi.


Bob bo‘yicha xulosalar
Ijtimoiy faollik - bu shaxsning ongli va maqsadga qaratilgan faoliyati va uning ajralmas ijtimoiy-psixologik sifati, dialektik jihatdan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, sub’ektning predmetga, jarayonlarga va atrofdagi voqea-hodisalarga shaxsiy ta’sirining darajasi yoki o‘lchovini belgilaydi va tavsiflaydi..
Dissertatsiya ishimizda talabalarda ijtimoiy faollikning psixologik jihatlari bo‘yicha qiyosiy o‘rganish natijalari keltirilgan. Ijtimoiy faollik darajasini yo‘nalishlar kesimida o‘rganish uchun tadqiqotimizga amaliy psixologiya va matematika mutaxassisligi talabalari jalb qilindi. Respondentlarimizning 48%ini amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari, 52%ini matematika yo‘nalishi talabalari tashkil qildi.
Kruskall Uollis mezoni yordamida amaliy psixologiya va matematika yo‘nalishi talabalarining natijalarini solishtirdik va tahlilini amalga oshirdik. Natijalar tahliliga ko‘ra V.Smekal, M.Kucheraning Shaxsiy yo‘nalganlikni aniqlash metodkasi o‘ziga yo‘nalganlik shkalasi natijalarida ishonchli tafovutlar kuzatildi va amaliy psixologiya yo‘nalishiga nisbatan matematika yo‘nalishi talabalarida o‘ziga yo‘nalganlik yuqori foizlarni namoyon qildi. Odamlarga yo‘nalganlik shkalasi natijalarida ishonchli tafovutlar kuzatildi va matematika yo‘nalishiga nisbatan amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalarida odamlarga yo‘nalganlik yuqori foizlarni namoyon qildi. Muloqotga yo‘nalganlik shkalasi natijalari tahlil qilinganda amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalarida matematika yo‘nalishi talabalariga nisbatan kommunikativ qobiliyatlar yuqori natijani ko‘rsatganini guvohi bo‘ldik. Tashkilotchilikka yo‘nalganlik shkalasi natijalari tahlil qilinganda amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalarida matematika yo‘nalishi talabalariga nisbatan tashkilotchilik qobiliyatlar yuqori natijani ko‘rsatganini guvohi bo‘ldik.
Yuqorida keltirilgan ijtimoiy-psixologik treningning talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishga ijobiy ta’siri statistik jihatdan eksperimental guruhlarida Vilkokson mezoni bo‘yicha o‘rtacha qiymatlarning tengligini tahlil qilish natijalari bilan tasdiqlanadi.
Shu bilan birga, tadqiqotimizda Spirmon korrelyatsion tahlilidan foydalandik va bu mezonda V.Smekal, M.Kucheraning Shaxsiy yo‘nalganlikni aniqlash metodkasi, V.V. Sinyavskiy, V.A. Fedoroshinaning Muloqotmandlik va tashkilotchilikka moyillik testi, Dembo-Rubinshteynning "O‘z-o‘zini baholash" metodikalari o‘rtasidagi bog‘liqlik qonuniyatlarini kuzatdik, natijalarning tahliliga ko‘ra bir qator shkalalarda bog‘liqlik kuzatildi.

Xulosa
Olib borilgan tadqiqotimiz davomida talabalarga hos bo’lgan yosh xususiyatlari, ijtimoiy faollik xususida turli xil ko’rinishlardagi yangi ma’lumotlarga ega bo’ldik. Shu bilan birga talabalar bilan olib borilayotgan ta’lam amalga oshirilayotgan islohotlar oʻquv jarayonlarini sifatli tarzda olib borib ijtimoiy faollik xususiyatlarini yanada yaxshiroq shakllantirishni talab qilmoqda. Ayniqsa, kelajak uchun yetakchilarni yangi taʻlim sifati va samaradorligini doimiy tarzda oshirib borish zarurati yoshlarni yetakchilik kopmetensiyalarini yanada rivojlantirish, ulardagi ijtimoiy faollik qobilyatlarini zamon talablari darajasida tashkil etishni taqozo qiladi.
Har bir yosh faollik ko’rsatishga moslashishi kerak va bugungi kun talabi.
Bundan tashqari emperik tadqiqotimizda ham yetarlicha yangiliklarga ega bo’ldik. Ya’ni, talabalarda oʻz faoliyati yuzasidan maqsad qoʻyishi, uning qoʻyilgan vazifalarni bajarishga va maqsadlarga erishishga eʻtiborini qaratishi, shuningdek, ushbu jarayon davomida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni yengishga harakat qiladi.
Faoliyat bir tomondan shaxsning rivojlanishi va sifatlarining namoyon bo’lish sharoiti ikkinchidan shu faoliyat sub’ekti bo’lgan shaxsning taraqqiyot darajasiga bog’liqligi xulosa qilindi. Demak barcha faoliyat turlarida uchta tarkibiy qismni:
maqsad-motiv-harakatni ajratish mumkin ekan.
Inson faoliyatining faolligi insoniyat madaniyati mahsuli bilan bog’liqligini ifodalab madaniy ehtiyojlarni yuzaga keltirar ekan. Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo’ladi.
Natijalar tahliliga ko‘ra V.Smekal, M.Kucheraning Shaxsiy yo‘nalganlikni aniqlash metodkasi o‘ziga yo‘nalganlik shkalasi natijalarida ishonchli tafovutlar kuzatildi va amaliy psixologiya yo‘nalishiga nisbatan matematika yo‘nalishi talabalarida o‘ziga yo‘nalganlik yuqori foizlarni namoyon qildi. Odamlarga yo‘nalganlik shkalasi natijalarida ishonchli tafovutlar kuzatildi va matematika yo‘nalishiga nisbatan amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalarida odamlarga yo‘nalganlik yuqori foizlarni namoyon qildi. Muloqotga yo‘nalganlik shkalasi natijalari tahlil qilinganda amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalarida matematika yo‘nalishi talabalariga nisbatan kommunikativ qobiliyatlar yuqori natijani ko‘rsatganini guvohi bo‘ldik. Tashkilotchilikka yo‘nalganlik shkalasi natijalari tahlil qilinganda amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalarida matematika yo‘nalishi talabalariga nisbatan tashkilotchilik qobiliyatlar yuqori natijani ko‘rsatganini guvohi bo‘ldik.
Yuqorida keltirilgan ijtimoiy-psixologik treningning talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishga ijobiy ta’siri statistik jihatdan eksperimental guruhlarida Vilkokson mezoni bo‘yicha o‘rtacha qiymatlarning tengligini tahlil qilish natijalari bilan tasdiqlanadi.
Oliy ta’lim talabalarida ijtimoiy faollikni rivojlantirish juda muhim vazifa. Bu vazifa amalga oshirilishi jamiyat uchun ham talabalar uchun ham foydali. Negaki ijtimoiy faol talabalar kelajakda o’zlari tanlagan mutaxassislik bo’yicha ham juda ko’p yutuqlarga erishishi uchun imkoniyatlar yaratiladi.
Ijtimoiy faollikning psixologik jihatlari haqida gap borar ekan, har bir talabaning ijtimoiy faolligi o’ziga, psixologik holatiga bog’liqligini ko’rishimiz mumkin. Oliy ta’lim pedagoglarining ham bu borada yordamlari muhim ya’ni talabani o’qishga va boshqa ijtimoiy faoliyatiga sabab bo’luvchi motivlar,motivatsiyalar bera olishi lozim.
Ijtimoiy faollik sifatlarining asosiy elementlarini o'ziga singdirib olgan har bir talaba yoshlar, bo'lajak mutaxassis sifatida hayot qonuniga mas'uliyat bilan yondashib, ijtimoiy-iqtisodiy voqelikni aniq idrok etishga, o'zi va kasbdoshlarining sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilishga, ezgu maqsad yo'lidagi to'siqlarning hech biridan cho'chimay engib o'tishga tayyor bo'ladi.
Demak, yoshlarda aynan ijtimoiy faollikga kirishish uchun lozim bo‘lgan motivlar, motivatsiyalar ulardan amaliy faoliyatda foydalanish ko‘nikmalari takomillashtirilishi muhim o‘rin tutadi. Bu o‘rinda o‘qitiladigan fanlarda ijtimoiy faollikni shakllantirish metodlari (suhbat, bahs-munozara, muammoli ta’lim)dan unumli foydalanish maqsadga muvofiq.
Xulosa o‘rnida shuni takitlash kerakki jamiyatda ijtimoiy faollik kerak. Barcha ta'lim tizimida yoshlarning ijodiy iste'dodlarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratish lozim. Ijtimoiy faollikni rivojlantirish orqali yuksak ma'naviyatli yetakchi yoshlarni tarbiyalash, ularni mamlakatimiz taraqqiyoti va uning istiqboli uchun yo‘naltirish talab etiladi.


Yüklə 172,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin