Oʻzbekiston respublikаsi oliy taʻlim, fan va innovatsiya vаzirligi


Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi



Yüklə 172,1 Kb.
səhifə9/26
tarix25.09.2023
ölçüsü172,1 Kb.
#129371
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Anatatsiya Nazarova Gulnora Norbekovna

Tadqiqotda qo’llanilgan metodikaning tavsifi:
Biz tadqiqot ishimizda V.Smekal, M.Kucheraning Shaxsiy yo‘nalganlikni aniqlash metodkasi, V.V. Sinyavskiy, V.A. Fedoroshinaning Muloqotmandlik va tashkilotchilikka moyillik testi (MTM-2), Dembo-Rubinshteynning "O‘z-o‘zini baholash" metodikalari (A.M.Prixojan modifikatsiya) bo‘yicha olingan birlamchi tahlilidan foydalanildi va natijalarni matematik statistik qayta ishlash SPSS (14.0 versiyasida) programmasida amalga oshiriladi.
Tadqiqot natijalarining nazariy ahamiyati:
Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirish xususidagi ma’lumotlar umumlashtirilganligi va muayyan tizimga keltirilganligi natijasida umumiy psixologiya, pedagogika-psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, shaxsning ijtimoiylashuv muammosi psixologiyasi,psixodiagnostika va psixokorreksiya sohalarini amaliy materiallari bilan boyitilishi mumkin.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati:
Tadqiqot natijalaridan oliy ta’lim muassasalarida psixologik sohani rivojlantirish, talabalarda ijtimoiy faolligini rivojlantirish va takomillashtirishda,
oliy ta’lim muassasalari psixologlarini talabalarga ijtimoiy faollikni rivojlantirish uchun amaliy yordam ko‘rsatishda hamda muhim kasbiy sifatlarni shakllantirishda, kasbiy qadriyatlar tizimini takomillashtirishda, ta’lim sifatini yaxshilashda foydalanish mumkin.
Ish tuzilmasining tavsifi. Dissertatsiya kirish, 3 bob, 8 ta boʻlim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 74 betni tashkil etadi.
Dissertatsiya ishining birinchi bobida Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik jihatlarining ilmiy-nazariy asoslari o‘rganilgan hamda ko‘plab ilmiy adabiyotlarning tahlili keltirilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobida Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning ilmiy-metodik tavsifi yoritilgan.
Tadqiqotning uchinchi bobi Talabalarda ijtimoiy faollikning psixologik jihatlari, tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan metodikalarning natijalari keltirib o‘tilgan.


Yüklə 172,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin