Ishning maqsadi va vazifalari: Talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik jihatlarini o’rganish. Ishning vazifalari:
- Nazariy manbalar asosida tadqiqotimiz mavzusiga oid maʻlumotlar toʻplash;
- Talabalarda kasbga motivatsion yo’nalganlikning – psixologik xususiyatlarini oʻrganish;
- Amaliy tadqiqotlar asosida talabalarda kasbga motivatsion yo’nalganlikning psixologik jihatlarini oʻrganish;
- Olingan natijalar asosida amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ob’ekti va predmeti: Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti amaliy psixologiya va matematika mutaxassisligi talabalari jalb qilindi. Respondentlarimizning 48%ini amaliy psixologiya yo‘nalishi talabalari, 52%ini matematika yo‘nalishi talabalari tashkil qildi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangiligi: - tadqiqotda ilk marotaba talabalarda ijtimoiy faollikni rivojlantirishning psixologik xususiyatlari aniqlangan.
- talabalarda ijtimoiy faollikni paydo qilishning psixologik jihatlari o’rganilishi.
- talaba yoshlarning psixologik xususiyatlari o’rganilishi.
Ish tuzilishi va tavsifi.Dissertatsiya kirish, 3 bob, 8 ta boʻlim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Dissertatsiyaning umumiy hajmi 82 betni tashkil etadi.
Dissertatsiya ishining birinchi bobida Talabalarda motiv va motivatsiya fenomenining psixologik jihatlarining ilmiy-nazariy asoslari o‘rganilgan hamda ko‘plab ilmiy adabiyotlarning tahlili keltirilgan.
Tadqiqotning ikkinchi bobida Talabalarda motivatsion yo’nalganlikning nazariy yondoshuvlari motivatsiyon sohani o’rganishning ilmiy-metodik tavsifi yoritilgan.
Tadqiqotning uchinchi bobi Talabalarda motivatsiyon yo’nalganlik va muvaffaqiyatga intilish motivatsuyasi o’zaro aloqadorligining namoyon bo’lish xususiyatlari, tadqiqot jarayonida qo‘llanilgan metodikalarning natijalari keltirib o‘tilgan.