PEDAGOGIKAMALIYOTBO‘YICHAHISOBOT YOZISHNINGTARTIBI: Kundalik asosida hisobot yoziladi. Hisobotda quyidagi tartibda
ma'lumotlar aks ettirilishi maqsadga muvofiq:
biriktirilgan uslubchi o‘qituvchilar rahbarligida pedagogik
amaliyotga bag‘ishlangan anjuman va unda olingan natijalar;
pedagogik amaliyot o‘tkazilgan maktab, tarixi va pedagogik- xodimlar, jamoat tashkilotlari va boshqalar haqidagi ma'lumotlar;
amaliyotning birinchi haftasida olib borilgan ishlar;
shaxsiy ish reja, kalendar mavzuli reja, tarbiyaviy tadbir rejalarni tuzishni o‘rganishi va ularni bajarishda yordamlari tekgan o‘qituvchilar;
maktabning tajribali o‘qituvchilari darslariga kirib qilingan dars
tahlillari va alohida taassurot qoldirgan fan o‘qituvchilari;
amaliyotchi-talabalar darslarining tahlili va ulardan olingan taassurotlar va ko‘rsatilgan amaliy yordamlar;
dars tahlillaridan olingan natijalar va kelgusida belgilangan istiqbolli rejalar;
o‘tkazilgan namunali-sinov darslari soni, nomi va tahlil qilgan
amaliyotchi va o‘qituvchilar;
o‘tkazilgan namunali-sinov darslari bayonnomalari soni, nomi va
tahlil qilgan amaliyotchi va o‘qituvchilarning muhokamadagi xulosalari;
o‘tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar soni, o‘tkazilgan suhbatlar, kechalar, sayohatlar, madaniy yurishlar, olimlar, yozuvchilar va boshqa faollar bilan tashkil qilingan uchrashuvlar nomlari va o‘tkazilgan joylari;
o‘tkazilgan tarbiyaviy tadbirlar bayonnomalari soni, nomi va tahlil
qilgan amaliyotchi va sinf rahbarining muhokamadagi xulosalari;
o‘tkazilgan namunali-sinov darslari va tarbiyaviy tadbirlarda tayyorlangan ko'rgazmali qurollar, videorolik, albom va boshqa namunalar ilova qilinadi;
sinf o‘quvchilari ota-onalari bilan o‘tkazilgan hamkorlik ishlari,
ularning natijalari va olingan taassurotlar;
bitiruv malakaviy ish mavzusi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va tajriba natijalari, olingan tashqi taqriz;
o‘quvchilarga va sinfga berilgan pedagogik va psixologik tavsifnoma
va ulardan olingan taassurotlar;
amaliyotning o‘tishi jarayonida uchragan kamchiliklar va ularning bartaraf etilishi;
dekanat va kafedralar tomonidan ko‘rsatilgan yordamlar;
maktab ma'muriyatining pedagogik amaliyotga yordami;
amaliyot haqidagi yakuniy xulosa;
pedagogik amaliyotdagi kamchiliklarni tuzatish, takomillashtirish haqidagi taklif va mulohazalar bilan yakunlanadi.
Hisobot maktab direktor, o‘rinbosari, fan o‘qituvchisi va sinf rahbari kamida uch-to‘rt kishi imzolab, maktab muhri bilan tasdiqlanadi va amaliyotchi talabaga jamoa tomonidan tavsifnoma beriladi