O‘zbekiston respublikаsi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vаzirligi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali


V. TALABALARNING PEDAGOGIK AMALIYOTINI HUJJATLASHTIRISH, HISOBGA OLISH VA BAHOLASH



Yüklə 364 Kb.
səhifə5/15
tarix13.09.2023
ölçüsü364 Kb.
#128936
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
4 kurs ped amaliyot

V. TALABALARNING PEDAGOGIK AMALIYOTINI HUJJATLASHTIRISH, HISOBGA OLISH VA BAHOLASH.

  1. Talabalar amaliyot davrida kundalik daftar tutadilar va bunga ayrim o‘quvchilar yoki sinf jamoasi ustidan o‘tkazgan kuzatishlari, amaliyot rahbarlari va o‘qituvchilarni ko‘rsatmalarini hamda psixologiya va maktab gigienasi bo‘yicha bajaradigan topshiriqlar bo‘yicha zarur bo‘lgan malumotlarni yozib borishadi. Amaliyot mobaynida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot yozishganida shu kundalik daftardan foydalanadilar.

  2. Amaliyot o‘tkazilgandan so‘ng talabalar quyidagi hujjatlarni topshiradilar: bajargan ishining hisoboti, aktiv va passiv o‘quvchilarga psixologik-pedagogik tavsifnoma, sinf jamosiga psixologik-pedagogik tavsifnoma, 1-2 darsning rejasi, dars konspekti va unga oid tayyorlangan ko‘rgazma qurollari, hamda tarbiyaviy tadbirlarning birortasining konspekti. Bu hujjatlar amaliyotning guruh rahbariga topshiriladi.

  3. Pedagogik amaliyotning natijasi maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda va fakultetning ilmiy-amaliy anjumanida yaqunlanadi.

Amaliyotning barcha turlari natijalariga ko‘ra va zarur bo‘lgan hujjatlar topshirilgandan keyin talabaga ball va baho qo‘yiladi; pedagogik amaliyotning baholanishiga pedagogika, psixologiya, uslubiy va maktab gigienasi bo‘yicha bajariladigan barcha topshiriqlar kiritiladi. Agar talaba tomonidan birorta yoki bir nechta topshiriq bajarilmagan bo‘lsa baho qo‘yilmaydi.


PEDAGOGIK AMALIYOT DAVOMIDA YURITILISHI LOZIM BO‘LGAN HUJJATLAR
Kundalik daftar tutiladi va unda:
1. Davlatimiz ramzlari;
2. Maktab tarixi va rahbar-xodimlar haqidagi ma'lumotlar;
3. SHaxsiy ish reja;
4. Kunda bajariladigan ishlar qaydnomasi - kundalik;
5. Dars tahlili (namunali kamida 10 ta);
6. Kalendar mavzu reja;
7. Reja-konspekt (sinov darsi kamida 3-5 ta);
8. Sinov darsi bayonnomasi (sinov darsi kamida 3-5 ta);
9. Tarbiyaviy ishlar rejasi;
10. Tarbiyaviy tadbir reja-konspekti (kamida 2 ta);
11. Tarbiyaviy tadbir bayonnomasi (kamida 1 ta);
12. Ota-onalar bilan hamkorlik (har bir o‘quvchi ota-onasi bilan suhbat qayt etiladi va imzolanadi);
13. Sinfga pedagogik-psixologik tavsifnoma;
14. Bir nafar faol o‘quvchiga pedagogik-psixologik tavsifnoma;
15. Bir nafar passiv o‘zlashtiradigan o‘quvchiga pedagogik- psixologik tavsifnoma;
16. Ko‘rgazmali qurol (videorolik, albom, maket, modul, plakat
yoki rasm kamida 2 ta);
17. Maktab rahbariyati tomonidan berilgan tavsifnoma (maktab muhri bilan tasdiqlangan);
18. Amaliyotchi-talabaning amaliyot bo‘yicha hisoboti (maktab
muhri bilan tasdiqlangan)



Yüklə 364 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin