VI.AMALIYOTCHI TALABA FAOLIYATINI BAHOLASH MEZONI Talabalarining pedagogik amaliyot davomida amalga oshirgan ishlari va amaliyotga doir hujjatlari ma’sul kafedralarining uslubchi professor-o‘qituvchilari tomonidan tahlil qilinib, talabalar pedagogika va psixologiya fani bo‘yicha uslubchi o‘qituvchilari, mutaxassis fan va qo‘shimcha mutaxassis fan uslubchi o‘qituvchilari va maktabdagi uslubchi o‘qituvchilari hamkorligida qo‘yilgan ball va baholar asosida bosh uslubchi o‘qituvchi tomonidan umumlashtiriladi.
Talabalarining pedagogik amaliyotdagi faoliyati O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasalarida malabalar bilimini baholashning reyting tizimi» to‘g‘risidagi Nizom asosida tuzilgan filialning “Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi haqida”gi Nizomiga ko‘ra baholanadi.
Uslubiy kafedralarda talabalarning pedagogik amaliyot bo‘yicha bilimini baholash uchun ushbu mazkur Nizom asosida baholash mezonlari ishlab chiqiladi.
Pedagogik amaliyot natijalarini reyting tizimi asosida baholashda reyting ballarning nazorat turlari bo‘yicha taqsimlanish XARITASI