Tahlil qilinayotgan joriy video ketma-ketlik holatlari uchun kuzatishlarning dinamik modellari. Adekvat statik ilovasini (submodel Zj), ya’ni fonning dastlabki formal tavsifini olish murakkabligi tufayli, mumkin qadar sodda tarzda formallashadigan va funkisonal to’laligi jihatidan talabga javob beradigan fonning dinamik submodelidan foydalanish maqsadli [15, 36]. Masalan, joriy k-kadrning video ketma-ketligi uchun dinamik holatining analitik submodelidan foydalanish mumkin deb qabul qilsak, uning formallashgan ko’rinishi quyidagicha bo’ladi:
(2.1)
bu yerda F*, G*, /*, g* - o‘tish matritsalarini qayta ishlash: mos ravishda, F*, G* - joriy i+l-chi kadr uchun, f*, g* - k-chi ob’yekt (shaxs) tasvirining (oldingi planda) tahlil qilingan tanlangan i-fragmenti uchun, Dk;
Еl(k) - k-ob’yekt uchun axborotni o‘zgartirish operatori;
ψ - T vaqt oralig‘idagi video ketma-ketlikda k- chi ob’yektning harakat turi (rejimi);
xj, yj – tahlilning j-chi bo‘limining koordinatalari;
aj(k) - (xj, yj) hududdagi Ii(t) intensivlik bilan harakatlanuvchi ob’yektning k-chi tasviri uchun j-chi parametr (atribut, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita);
ni(k)(I, t) - oldingi plandagi selektor (filtr) kirishidagi fon shovqini.
Oldingi planni ajratib olish lokal algoritmni dinamik holati submodeliga adekvat tarzda qurish va amalga oshirish uchun dastlab dinamik kuzatuv submodeli shakllantiriladi va ushbu model I(x,y,t), ψ(Dk), aj(k)(Ii) va ni(k)(I, t) dinamikani hisobga oladi. Buning uchun video axborotni qayta ishlash tizimiga kiruvchi ta’sirlar umumiy holatda foydali signal I(a, x, y, t) va shovqin n(t) ning ixtiyoriy kombinatsiyasini aks etadi va quyidagicha ifodalanadi [34]:
(2.2)
Ta‘kidlash joizki, [T, T + ΔT] oralig‘i – bu dinamik holatni kuzatuv va harakatlanayotgan ob’yektni (odamni) ajratib olish uchun ishlatiladigan prinsipga muvofiq oldingi plan qismni kuzatish va tahlil qilish vaqti.
Dostları ilə paylaş: |