O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti buxgalteriya va statistika kafedras ekonomiks fanidan 3-1 bux 22 guruh talabasi maxsudova asilaning tayyorlagan mustaqil



Yüklə 64,84 Kb.
səhifə1/2
tarix15.10.2023
ölçüsü64,84 Kb.
#130337
  1   2
AAAAAAAA

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI BUXGALTERIYA VA STATISTIKA KAFEDRAS EKONOMIKS fanidan 3-1 BUX 22 GURUH TALABASI MAXSUDOVA ASILANING TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI

MAVZU:XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI VALYUTA KURSI


Reja: 1. Xalqaro valyuta tizimining mohiyati va tarkibi 2. Xalqaro valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari 3. Xalqaro rezerv valyuta birliklari 4. Yevropa valyuta tizimi 5. Xalqaro valyuta va moliya-kredit bozorlari
Valyuta kursi — bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan narxi. Valyuta kursining qatʼiy qayd etilgan va oʻzgarib turadigan (valyuta bozorida u yoki bu valyutaga talab yoki taklifga qarab) turlari mavjud. Valyuta kursi mamlakatlar valyutasining xarid qobiliyati, shuningdek xalqaro toʻlov vositalari (masalan, SDR, yevro) bilan oʻzaro munosabat va boshqa omillar (tovarlar narxini milliy valyutada taqqoslash) asosida belgilanadi. Ularning xarid qobiliyatining oʻzgarishi bilan (inflyatsiya darajasi, toʻlov balanslari holati, turli mamlakatlarda turlicha foiz stavkalarining oʻrnatilishi, jahon valyuta bozoriaya mazkur valyutaga ishonch darajasi, shuningdek boshqa siyosiy sabablar taʼsirida) valyuta kursi ham oʻzgarib turadi. Markaziy emissiya banki belgilaydigan rasmiy Valyuta kursini hukumat belgilaydigan yoki valyuta bozorida vujudga keladigan erkin valyuta kursidan farqlamoq kerak. Bundan tashqari valyuta kursi milliy pul birligining boshqa davlat valyutasi yoki xalqaro hamda mintaqaviy valyutalar bilan oʻzaro rasmiy oʻrnatilgan munosabatlar boʻyicha („suzib yuruvchi“, „sirgʻaluvchan“ kurs) belgilanishi ham mumkin (Yevropa valyuta ittifoqida kurslarning tebranishi + 2,25 % doirasida chegaralangan).[1]
Valyuta savdosi amaliyotida valyuta yuqoriroq kurs boʻyicha sotiladi (sotuvchi kursi), xarid qilishda esa pastroq (xaridor kursi) kursdan foydalaniladi. Valyuta kursi ikki darajasi oʻrtasidagi farqdan bankning valyuta savdosidan oladigan daromadi kelib chiqadi. Valyuta kursini rasmiy koʻtarish (revalvatsiya) mamlakatni kapitalni chetga chiqarishdan manfaatdor qiladi, importni qulaylashtiradi, chunki chet el valyutasini arzonroq xarid qilishga imkoniyat tugʻiladi. Valyuta kursini rasmiy pasaytirish (devalvatsiya) mamlakat savdo va toʻlov balansining keskin yomonlashuvi, valyuta rezervining holdan toyishi bilan bogʻliq holda yuzaga keladi. Chet el valyutasi kursining birjadagi maxsus idora tomonidan belgilanishi va maxsus byulletenlarda nashr etilishi valyuta kotirovkasi deyiladi. Bunday byulleten maʼlumotlari matbuotda ham chop etib boriladi. Oʻzbekiston Markaziy banki davriy ravishda har haftada buxgalteriya hisobi va bojxona toʻlovlari uchun pul massasi va inflyatsiya dinamikasini hisobga olgan holda xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan kurslarini matbuotda eʼlon qilib boradi. 1 AQSh dollarining soʻmga nisbatan rasmiy ayirboshlash kursi 2022-yil 18-avgust holatiga koʻra, 10 945 soʻm 32 tiyinni tashkil qildi.[2]
Xalqaro valyuta munosabatlari – valyutaning jahon xo‘jaligida faoliyat ko‘rsatishi jarayonida rivojlanib, milliy xo‘jaliklar faoliyati natijalarini o‘zaro almashishga xizmat qiluvchi ijtimoiy munosabatlar majmuidir. Xalqaro valyuta munosabatlari - bu milliy xo'jaliklar o'rtasidagi to'lov va hisob-kitob operatsiyalarini belgilovchi pul munosabatlari yig'indisidir. Xalqaro valyuta munosabatlarining rivojlanishiga quyidagi omillar sabab bo'ldi: ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sishi, jahon bozorining vujudga kelishi, xalqaro mehnat taqsimotining (MRT) chuqurlashishi, jahon xo'jalik tizimining shakllanishi, xalqarolashuv va globallashuv. iqtisodiy munosabatlar.

Yüklə 64,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin