IT-Parkning
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 14-aprel kuni axborot texnologiyalari sohasidagi natijalar yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda hamda 27-avgust kuni “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi” MChJda qurilgan yangi binolarning ochilish marosimida O‘zbekistonni mintaqaviy IT-xabga aylantirish zarurligi bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan.
Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, hozirgi kunda O‘zbekistonning barcha hududlarida bizning IT markazlarimiz faoliyat yuritib kelmoqda va shu markazlarda biz kelajak kasblaridan biri bo‘lgan IT yo‘nalishi O‘zbekistonning mahalliy universitetlarida va xorijiy universitetlarning O‘zbekistondagi filiallarida qanday holatda rivojlanayotganligi yuzasidan statistik tahlillar olib borayotganimizni ma’lum qilamiz.
Shu munosabat bilan, Sizdan, 1-ilovada keltirilgan OTMlar 2-ilovada berilgan jadvalni to‘ldirib berishlarida amaliy yordam berishingizni so‘raymiz.
Ma’lumot uchun: Siz tomondan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida statistik tahlil olib borib, IT markazlarimizdagi tahsil olgan hamda olayotgan o‘quvchilarimizga O‘zbekistondagi universitetlarda qanday IT sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud va ularning istiqbollari haqidagi ma’lumotlar beriladi.
Bosh direktor o‘rinbosari M. Muksinova