O`zbekiston respublikasi oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 91,8 Kb.
səhifə1/13
tarix16.02.2023
ölçüsü91,8 Kb.
#123428
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
aholini ish bn bandligi



O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Jizzax davlat pedagogika universiteti
Sirtqi ta`lim yo`nalishi
3-bosqich S0601-20 guruhi talabasi
SULTANOV KAMRONBEKNING
Tarix va ijtimoiy fanlarni o`qitish metodikasi fanidan
“Harakatlar strategiyasida aholi bandligi masalalarini o`rganish” mavzusida tayyorlagan

Tekshirdi:_______________________


Mundarija:


I.Kirish………………………………………………………………..……
II.Asosiy qism……………………………………………………………….
I bob.Harakatlar strategiyasi mazmuni ………………………………8-11
1.1. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi …………….......12-13
1.2. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha …………………..14-20
II bob. Harakatlar strategiyasida aholi bandligi masalalarini o`rganish... 21-27
2.1. Aholini ish bilan bandlik kontsеptsiyasi. O’zbеkiston Rеspublikasining“Aholini ish bilan bandligi to’g’risida”gi Qonuni ...…….28-30
2.2.harakatlar strategiyasida aholini ish bilan bandlik darajasini yahshilashning yo’nalishlari …………………………………..……………………..30-32
III.Xulosa………………………………………………………….…….33-34
IV.Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………..…………35
Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Hozirgi jadal rivojlanayotgan davrda har bir davlat o’zining rivojlanish rejasini tuzib olishini taqazo etadi. Shu qatori O’zbekiston ham o’zining rivojlanish yo’nalishiga ega. Mustaqillik yillaridan to 2017-yilgacha bunday reja O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov yaratgan “Taraqqiyotning O’zbek modeli” edi. 2017-yilda esa O’zbekiston Respublikasi ikkinchi prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan 2017-2022 yillar uchun ishlab chiqilgan “Harakatlar strategiyasi” hisoblanadi. Hozirgi kunlarda ushbu strategiyaning eng so’nggi bosqichida turibmiz. Shunday ekan shu paytgacha ushbu rejada belgilangan maqsadlar qanchalik amalga oshirilgani va oshirilayotgani to’g’risida ma’lumotlar zarur. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasini iqtisodiy rivojlanishida eng yuqori o’rinlarni egallagan yo’nalishlarni bilish, ular haqida tushunchalarga ega bo’lish lozim. Bu bilimlar esa aholining iqtisodiy bilimini oshishi va mamlakatda ziyoli qatlamni oshishiga olib keladi. Bu ziyoli qatlam esa o’z navbatida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishini jadallashishiga yo’l ochadi.

Yüklə 91,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin