O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi ta’lim Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI Sirtqi ta’lim Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi III – kurs, _____ guruh talabasi Akbarova Sitoraxon “Chuzmachilik” fanidan “Beton va temir-beton konstruksiyalar mavzusi bo’yicha metodik dars ishlanma tayyorlash” mavzusidagi
KURS ISHI
Kurs ishi ilmiy rahbari: ________________
FARG‘ONA - 2023
Mavzu: Beton va temir-beton konstruksiyalar mavzusi bo’yicha metodik dars ishlanma tayyorlash
Reja:
Kirish
Kirish Zamonaviy dunyoda ta’lim-tarbiya va ilm-fan har qanday mamlakat taraqqiyotining birlamchi omillaridan biri sanaladi. YAngi avlodni yangicha ruhda tarbiyalash, yangicha yashashga, fikr yuritishga o‘rgatish zarurligi bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
Kurs ishining dolzarbligi. Chizmachilik texnik fanning bir shaxobchasi bo‘la turib uning uzi ham ilmiy fan xisoblanadi.
Obеktiv olamni bilim jarayoni ta‘lim va tarbiya qonuniyatlarini bilishni taqazo qiladi. Chizmachilik mеtodikasi o‘quvchilarning grafik savodxonligini oshilishda matеriallar mazmuni, o‘qitish mеtodlari grafik ishlar bajarishning oqilona mеtodlari, ta‘lim va tarbiyaning mushtarakligini taminlovchi o‘qish prosesini tashkil qiluvchi ilmdir.
Chizmachilik boshqa fanlar orasida alohida o‘rin tutadi. Chizmachilik umumiy va xususiy bo‘lib ikkiga bo‘linadi.
Chizmachilikning umumiy mеtodikasi xususiy ta‘lim nazariyasi xisoblanadi. Chizmachilikning umumiy mеtodikasi doirasiga quyidagi masalalar kiradi.
1.Chizmachilik o‘qish fani sifatida uning bilim va tarbiyaviy mazmunaviy aniqlash; Chizmachilikning maktab ta‘lim tizimidagi o‘rni uning vazifalari va o‘ziga xos xususiyaitlari.
2 Chizmachilik bo‘yicha ta‘lim dasturing asoslash va ta‘limning mazmunini ochib bеrish va tasdiqlash.
3.O‘quvchilarda bilim ko‘nikma va malakani ta‘minlash bo‘yicha mеtodlar va ta‘limni tashkil qilish shakllarini ishlab chiqish.
4.Ta‘lim-mеtodik vositalarini tеkshirish va tomlangan mеtodik vositalarni ishlab chiqish.
5.Chizmachilik sohasida tеkshirish mеtodlarini ishlab chiqsin: tushunchalar, atamalarni aniqlash, chizmachalik mеtodikasinin boshqa ilmlar bilan aloqasini aniqlash. Shunday qilib chizmachilik umumiy mеtodikasini toza pеdagogik xodisalarning qonuniyatlarini tеkshiradi1.
Pedagogik texnologiya o‘qituvchiga o‘qitish jarayonini loyihalash va amalga oshirish uchun keng faoliyat maydonini yaratadi. Natijada ta’lim tizimida o‘qish-o‘qitish jarayonlarini loyihalash bo‘yicha aniq va etarli qoidalar amalga oshiriladi. Bu esa ayni paytda pedagogikada ijodiy izlanish yo‘lini ochib beradi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar, innavatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo‘lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an’anaviy ta’limda o‘quvchi-talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini chuqur o‘zlashtirishga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, xatto xulosalarini ham o‘zlari keltirib chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi hamda tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchanlik vazifasini bajaradi.
Pedagogik texnologiya o‘qituvchiga o‘qitish jarayonini loyihalash va amalga oshirish uchun keng faoliyat maydonini yaratadi. Natijada ta’lim tizimida o‘qish-o‘qitish jarayonlarini loyihalash bo‘yicha aniq va etarli qoidalar amalga oshiriladi. Bu esa ayni paytda pedagogikada ijodiy izlanish yo‘lini ochib beradi.
Pedagogik texnologiyalarning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundan iboratki, rejalashtirilgan o‘quv maqsadlariga erishish uchun natija kafolatlanib, loyihalanadi va amalga oshiriladi. Bunda texnologik yondashuv maydonga kelib, o‘qituvchi bayon qiluvchi, ta’riflovchi, ma’lumotlarni xotirada saqlovchi loyihalashtirilgan natijaga erishishni ta’minlaydigan texnologik sxemani beradiki, oqibatda qayta tiklanadigan ta’lim sikli vujudga keladi.
Mustaqil O‘zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishni yangi Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishga qaratilgan ayni damda o‘qituvchi faoliyatiga, uning mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda. Ta’lim jarayonida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilarni pedagogik fikrlashida o‘rin ola boshlagan pedagogik texnologiyani dars jaryonida qo‘llashga oid tavsiyalar o‘qituvchilar uchun juda zarur. Ayniqsa xamkorlikka asoslangan, o‘quvchilarning faollgini oshirishga mo‘ljallangan o‘quvchilarning boshqalarning fikrini eshitish, tushunish, xurmat qilish, o‘zgalar manfaatlari bilan hisoblashish, ularni o‘rganish, ta’sir qila olish, o‘zining va boshqalarning “men”ligini sezish, his qilish, o‘zini boshqarish, fikr va xulosalarni mustaqil lo‘nda, puxta va aniq bayon qila olishga o‘rgatishga qaratilgan “interfaol” o‘qitish usulari tez sur’atlar bilan rivojlanib, ijobiy samara bermoqda. O‘qitishda foydalanib kelinayotgan interfaol metodlar o‘quvchilar o‘rtasida raqobat muhitini vujudga keltirib, o‘quvchilarni harakatchanlikka boshlab ruhlantiradi natijada o‘quvchilar hamkorlikka o‘rgana boshlaydi. Har qanday interfaol metod to‘g‘ri va maqsadli qo‘llanilganda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatadi.
Buning uchun ta'limning Davlat standartlariga mos keladigan namunaviy o'quv rejasi asosida quruvchi mutaxassis kadrlar tayyorlash bo'yicha «Temirbeton konst ruksiyasi» fanidan darslikni qayta ishlangan hamda Internetdan olingan ma'lumotlar bilan to'Idirilgan holda yaratish zaruriyati tug'ildi.
Mazkur kurs ishining maqsadi talabalarga temirbeton konstruksiyalari, ularning turlari vat emir beton kostruksiyalarini hisoblash va loyihalash usullarini o'rgatishda yangi pedagogic texnologiyalardan samarali foydalanish. Kurs ishimizning amaliy ahamiyati shundan iboratki, muhandisni shakllantiradigan mavzulardan biri bo'lib, uni chuqur o'zlashtirish har qanday binokor muhandis uchun juda muhimdir.