O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi ta’lim Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi



Yüklə 199,49 Kb.
səhifə2/12
tarix06.03.2023
ölçüsü199,49 Kb.
#123850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Akbarova Sitoraxon

Kurs ishining vazifasi:
- mazkur kurs ishi orqali o’quvchilar temirbeton kostruksiyalar va ularning turlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ladilar.
- temirbeton konstruksiyalarining afzallik va noqulayliklari haqida tushunchalarga ega bo’lish;
- mavzuni o’rganishda interfaol metodlardan foydalanishga doir metodik tavsiyalar berish.
Temirbeton konstruksiyalarini loyihalash texnika fanlari sohalaridan biri bo'lib, u mustahkam va, shu bilan birga, tejamkor elementlarni yaratish ustida ish olib boradi.
Mustahkamlik, bikirlik hamda ko'pga chidamlilik qurilish konstruksiyalariga qo'yiladigan asosiy talablardir. Binokor-muhandis konstruksiyaning shunday yechimini topishi kerakki, bunda konstruksiya ham yuqoridagi talablarga javob bersin, ham tejamli bo'lsin. Bu esa masalani optimal loyihaiash muammosiga olib kcladi.
Hayot va qurilish tajribasi hozirgi zamon kapital qurilishining asosini temirbeton konstruksiyalari tashkil etishini ko'rsatmoqda.
XIX asrda sanoat binolarini paydo bo'lishi hamda yirik muhandislik inshoatrlarining qad ko'tarishi qurilish fonini yanada rivojlantirishga turtki bo'ldi. Bu va bundan keyingi davrlarda qurilish konstruksiyasi fonining rivojlanishiga chet ellik olimlardan Lagranj, Kulon, Eyler, Morva rusolimlaridan D.I.Jurovckoy, F.C.Yasinskiy, Bi.Shuxov, A.A. Gvozdev, B.I.Murashev, B.N.Baykov, A.F.Milovanov va boshqalar salmoqli hissa qo'shdilar.


Asosiy qism
Temir-beton konstruktsiyalar
Beton siqilishga yaxshi, cho’zilishga sust qarshilik ko’rsatadigan sun'iy materialdir. Betonning cho’zilishga bo’lgan mustahkamligi siqilishga nisbatan 10-15 marotaba kam. Shuning uchun ham uni anizotrop material deyiladi. Betonning anizotropligi beton va temirbeton konstruktsiyalarni jiddiy qiyinchiliklarga olib keladi. Beton cho’zilishga sust qarshilik ko’rsatganligi sababli armaturasiz balka ko’p yuk ko’tara olmaydi. Agar balkaning cho’zilish zonasiga armatura joylansa, balkaning yuk ko’tarish qobiliyati ancha (taxminan 20 marotaba) ortadi. Siqilishga ishlaydigan temirbeton elementlar ham po’lat sterjenlar bilan armaturalanadi. Po’lat siqilishga ham, cho’zilishga ham yaxshi qarshilik ko’rsatganligi tufayli siqiluvchi elementning yuk ko’tarish qobiliyatini ancha oshiradi.
Bog’lovchi, to’ldiruvchi va suv aralashmasining qotishidan hosil bo’lgan sun'iy tosh - beton deb ataladi.
Po’lat armatura joylangan beton temirbeton deb ataladi. Temirbetondan ishlangan qurilish konstruktsiyasi temirbeton konstruktsiyasi deb yuritiladi.
Tayyorlash jarayonida sun'iy ravishda (oldindan) betonda siqilish va armaturada cho’zilish kuchlanishlari uyg’otilgan temirbeton konstruktsiyalari oldindan zo’riqtirilgan konstruktsiyalar deb ataladi. Oldindan uyg’otilgan kuchlanish konstruktsiya elementlarining darzbardoshligi va bikrligini sezilarli darajada oshiradi, o’ta mustahkam po’latlardan samarali foydalanish imkonini yaratadi.

Yüklə 199,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin