O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi ta’lim Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi



Yüklə 199,49 Kb.
səhifə3/12
tarix06.03.2023
ölçüsü199,49 Kb.
#123850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Akbarova Sitoraxon

Temirbetonning mohiyati
Tosh va yog'och ibtidoiy odamning dastlabki qurilish materiali hisoblangan. Keyinchalik inson xom g'isht, pishiq g'isht va beton tayyorlashni o'rgandi.
Beton siqilishga yaxshi, cho'zilishga sust qarshilik ko'rsatadigan sun'iy materialdir. Betonning cho'zilishga bo'lgan mustahkamligi siqilishga nisbatan 10—15 marotaba kam. Shuning uchun ham uni anizotrop material deyiladi. Anizotrop materiallar — turli xil yo'nalish bo'yicha xossalari harxil bo'lgan materiaUardir. Betonning anizotropligi beton va temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda jiddiy qiyinchiliklarni tug'diradi. Beton cho'zilishga sust qarshilik ko'rsatganligi sababli armaturasiz balka ko'p yuk ko'tara olmaydi.


a — egiluvchi element; b — siqiluvchi element. d— beton; 2 — temirbeton; 3 — neytral qatlam; 4 — siqilish zonasi; 5 — cho'zilish zonasi; 6 — po'lat armatura.


Sababi, beton to'sinining cho'zilish zonasida betonning cho'zilishga bo'lgan mustahkamligi kaniligi hisobiga, siqilgan zonaning mustahkamligidan to'liq foydalana olmaymiz, natijada beton balkaning mustahkamligi kam bo'ladi. Agar balkaning cho'zilish zonasiga armatura qo'yilsa, balkaning yuk ko'tarish qobiliyati (taxminan 20 marotaba) ortadi. Siqilishga ishlaydigan temirbeton elementlari ham po'lat steijenlar bilan armaturalanadi. Po'lat siqilishga ham, cho'zilishga ham yaxshi qarshilik ko'rsatganligi tufayli siqiluvchi elementning yuk ko'tarish qobiliyatini ancha oshiradi.


Po'lat armatura joylashgan beton temirbeton deb ataladi. Temirbetondan ishlangan qurilish konstruksiyasi temirbeton konstruksiyasi deb yuritiladi.
Quyidagi sabablar beton bilan po'lat armaturaning birgalikda ishlashiga sharoit yaratadi:

  1. Beton qotish jarayonida po'lat armaturaga mahkam yopishadi (tishlanadi).

  2. Zich beton po'lat armaturani zanglashdan va yong'indan asraydi.

  3. Po'lat bilan og'ir betonning temperatura ta'sirida chiziqli kengayish koeffisiyentlari bir-biriga juda yaqin (beton uchun a6=(l+l,5)-10; armatura uchun esa a =1,21).

Ana shu uchta muhim xossa tufayli temirbeton konstruksiyalarini yaratish imkoniyatiga ega bo'lindi. Ammo temirbetonning afzalligi va nuqsonlari ham bor.

Yüklə 199,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin