O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi ta’lim Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi
Mavzu: Beton va temir-beton kostruksiyalar. Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: O`quvchilarga beton va temir-beton konstruksiyalar haqida bilimlarni shakllantirish, temirbetonning mohiyati, temirbetoning afzallik va kamchiliklari, temirbeton konstruktsiyalarini loyihalash haqida bilimlarni berish. Tarbiyaviy maqsad: Darsda axloqiy ishlarni olib boorish, o’quvchilarni guruh va jamoa bo’lib ishlashga o’rgatish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, chizma chizishda estetik ishlashga o’rgatish Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq madaniyatini o`stirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish. Dars turi: Ta’lim beruvchi, interfaol. Dars o`tish metodi: Aqliy hujum, aralash, interfaol. Dars jihozi: Darslik, ko’rgazmali qurollar, beton va temir-beton haqida ma’lumot beruvchi plakatlar, list, qalam, sirkul, lineyka, baholash uchun kartochkalar. Texnik jixozlar: Kompyuter, multimedia, slaydlar, magnitofon. Oltin qoidalar: 1. Faollik. 2. Vaqtga rioya qilish. 3. Aytilgan fikrni takrorlamaslik. 4. O`zaro hurmat. 5. To`g`ri javob uchun rag`bat. 6. O`ng qo`l qoidasi. 7. “Bir yoqadan bosh chiqarish”. 8. Intizom. Ishlab chiqilgan oltin qoidalar doska chetiga osib qo‘yiladi. Dars rejasi: 1. O`qituvchining kirish so`zi (1 daqiqa). 2. Guruhlarga bo`linish (2 daqiqa). 3. uyga berilgan mavzu yuzasidan bilimlarni tekshirish (8daqiqa). 4.Yangi mavzu bayoni. (12 daqiqa). 5. Yangi mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar (8 daqiqa). 6. Guruhlar taqdimoti (8 daqiqa). 7. Mavzuni mustahkamlash (2 daqiqa). 8. O`quvchilarni rag‘batlantirish va baholash (2 daqiqa). 9. Uyga vazifa. (2 daqiqa). Yüklə 199,49 Kb. Dostları ilə paylaş: |