Temirbetonnig afzallik va kamchiliklari
Temirbetonning quyidagi afzalliklari uning qurilishda keng tarqalishi uchun imkon yaratdi: mustahkamligi; ko'pga chidainliligi; olovbardoshligi; zilzilabardoshligi; mahalliy materiallaidan foydalanishi imkoniyati; konstruksiyaga istalgan shakl berish imkoniyati.
Quyidagilar temirbetonning nuqsonlariga kiradi: vaznining og'irligi; issiqlik va tovushni oson o'tkazishi; mustahkamlash va ta'mirlashning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va hokazo.
Betonda yoriq paydo bo'lishining oldini olish uchun uning cho'zilgan armatura yordamida siqiladi. Bunday konstruksiyalar oldindan zo'riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari deb ataladi.
Yirik panelli temir-betondan (sinchsiz) qurilgan Toshkent shahrining Ohunboboyev maydonidagi turar joy binolarining umumiy
ko'rinishi.
Armaturaning beton bilan tishlashishi (ssepleniye). Temirbeton uchun faqat beton bilan armaturaning xossalarigina emas, balki armaturaning beton bilan tishlashishi hisobiga bu materiallarning birgalikda ishlashi ham katta ahamiyatga ega.
Armatura bilan betonning tishlashish mustahkamligiga asosan quyidagi omillar ta'sir etadi:
— armatura sirtidagi qovatlarning betonga tishlashib qolishi natijasida;
— sement gelining yopishqoqligi xossasiga ega bo'lishi natijasida;
— betonning cho'kishi natijasida.
Mavjud uchta omillardan har birini alohida qarab o'tishning iloji yo'q, bo'lgan taqdirda ham bunga hojat yo'q. Chunki bu omillar bir vaqtning o'zida birgalikda ta'sir ko'rsatadi.
Lekin armaturaning beton bilan tishlashishida betonga tishlashish (70—80 %) asosiy rolni o'ynaydi. Armaturaning betonga bog'lanish mustahkamligi tajribalar asosida aniqlanadi. Bunda beton tanasiga ma'lum uzunlikda joylashtirilgan armaturali sterjen sug'urib olishda sinaladi.
Armaturaning betonga tishlashishi.
Betonga joylashtirilgan sterjenni sug'urishdagi zo'riqishlari armaturadan betonga urinma kuchlanishlar orqali uzatiladi. Bu urinma kuchlanishlar armaturaning betonga joylashtirilgan uzunligi bo'yicha notekistarqalib, armaturaning betonga birikish joyidan ma'lum masofada eng katta qiymatga erishadi va armaturaning betonga joylashish uzunligiga bog'liq bo'lmaydi.
Me’yoriy hujjatlarda tishlashishning qiymati berilmaydi, lekin armaturaning beton bilan tishlashishini ta'minlaydigan konstruktiv ko'rsatmalar beriladi.
Dostları ilə paylaş: |