O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi farg‘ona davlat universiteti sirtqi bo‘limi iqtisodiyot yo‘nalishi


Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari



Yüklə 66,21 Kb.
səhifə9/12
tarix02.12.2023
ölçüsü66,21 Kb.
#137105
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Iqtisodiyot nazariyasi fanidan-fayllar.org

5. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari.
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi xar doim iqtisodiyot nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo’lib keladi. Ayniqsa hozirgi ‘aytda bu masala yanada keskin qo’yilmoqda. Buning sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz oldida turgan muhim masala mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish vazifasini amalga oshirib bo’lmaydi. Samaradorlikning iqtisodiy mazmuni sifatida har doim ishlab chiqarishning ‘rovard natijasi bilan unga avanslangan resurslar, mablag’lar yoki qilingan harajatlar o’rtasidagi nisbat tushiniladi.
Lekin, turli ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar sharoitida shu jamiyatning maqsadidan kelib chiqib, samaradorlik muammosining tub mohiyati o’zgaradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishning asosiy maqsadi foyda olishga qaratilganligi sababli har bir iqtisodiy sub’ekt ko’’roq foyda olishga intiladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarishning samaradorligini olingan foydaning (F) ishlab chiqarishga sarflangan resurs xarajatlariga (IX) nisbati bilan aniqlanadi, ya’ni:

Bu erda: R’ - foyda normasi, IX – iqtisodiy resurs xarajatlari.


Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning bosh mezoni haqida ham bir qancha fikrlar mavjud. Ayrim olimlar ishlab chiqarish samaradorligining bosh mezoni foyda, boshqa birlari esa yal’i milliy mahsulot, cof mahsulot, uchinchilari milliy daromad, to’rtinchilari esa qo’shimcha mahsulot deb ko’rsatadilar. Biz hozir bu erda fikrlarning qaysi biri to’g’ri ekanligi haqida batafsil to’xtolmaymiz, lekin shuni aytish kerakki, ko’’chilik olimlar tomonidan bozor iqtisodiyoti sharoitida samaradorlikning bosh ko’rsatkichi olingan foydaning xarajatlarga nisbati, ya’ni rentabellik yoki foydalilik darajasi bilan belgilanadi deb tan olinadi. Ishlab chiqarish samaradorligi ko’’ qirrali masala bo’lib, bu aytilgan birgina asosiy ko’rsatkichda, uni to’la ravishda har tomonlama ifodalab bo’lmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligini to’la ifodalashda unda qatnashgan omillarning unumdorligini, ulardan samarali foydalanish darajasini bildiradigan ko’rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.
Bulardan biri mehnat unumdorligidir. Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilgan mahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. Sarflangan mehnat miqdori esa ishlangan vaqt bilan, kishi kuni, kishi soati va h.k. bilan belgilanadi. Agar mehnat unumdorligini MU, mahsulotni M bilan, sarflangan ish vaqtini esa - V bilan belgilasak, mehnat unumdorligi quyidagicha aniqlanadi: .
Mehnat unumdorligi sarflangan jonli mehnatning har bir birligi evaziga ya’ni kishi kuni, kishi soati hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.
Samaradorlikni aniqlashda ka’ital unumdorligi degan ko’rsatkichdan ham foydalaniladi va unda ishlab chiqarishda qatnashgan ka’italning har bir birligi evaziga olingan mahsulot, daromad yoki foyda bilan aniqlanadi. Agar ka’ital unumdorligini - KU deb, ishlab chiqarishda qatnashgan ka’ital miqdorini - K, mahsulotni - M, yal’i daromadni - YaD bilan, foydani - F bilan belgilasak quyidagi formulalar hosil bo’ladi:
; ; .
Ishlab chiqarishning muhim omillaridan biri er hisoblanishi sababli erdan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichi ham aniqlanadi. Bu ko’rsatkich olingan mahsulot hajmining er maydoniga (gektarga) nisbati bilan hisoblanadi.
Samaradorlikni aniqlashda bu ko’rsatkichlardan tashqari mahsulotning mehnat sig’imi, material sig’imi, energiya sig’imi degan ko’rsatkichlar ham qo’llanilib, ular ishlab chiqarilayotgan mahsulotning har bir birligini yaratish uchun ketgan, yoki ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan mehnat, energiya va moddiy ashyolar miqdorini ifodalaydi.
Bu ko’rsatkichlarning har biri ishlab chiqarishda qatnashgan turli omillar samaradorligini ifodalab, bir-biri bilan chambarchars bog’liq va bir-birini to’ldiradi.
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun unga ta’sir qiladigan omillarni ham bilish zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga bir qancha omillar ta’sir qiladi:
1. Ilmiy-texnik taraqqiyotni tezlashtirish va uning natijalarini tezlik bilan ishlab chiqarishda qo’llash.
2. Ishlab chiqarishni rastional joylashtirish, ixtisoslashtirish va koo’erastiyalash.
3. Iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini va uning tashkiliy bo’g’inlarini o’zgartirish.
4. Ishlab chiqaruvchilarni rag’batlantirish va ularning faolligini oshirish.
5. Mavjud tabiiy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona, tejab-tergab foydalanish, yangi, arzon, sifatli xomashyo va energiya turlarini, ekinlarning yangi hosildor navlarini, chorva mollarining mahsuldor zotlarini to’ib ishlab chiqarishga joriy qilish.
6. Kishilarning bilim saviyasini, malakasini oshirish, etuk ishchi va mutaxassislar tayyorlash.
Bu sanab ko’rsatilgan omillar ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun ta’sir qiladigan asosiy va butun iqtisodiyotning barcha sohalari uchun umumiy omillardir. Bulardan tashqari aniq olingan xo’jaliklarda, tarmoqlarda va xududlarda samaradorlikni oshirishning shu joyning sharoitlari xususiyatidan kelib chiqadigan qanchadan-qancha omillari borki, ularni to’ib ishga solish va foydalanish samaradorlikni keskin oshirishning keng imkoniyatlari bo’lib, hisoblanadi. Biz bu erda ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning hamma omillari to’g’risida batafsil to’xtala olmaymiz. Lekin uning muhim va hozirgi kunda res’ublikamiz uchun dolzarb omillaridan biri bo’lgan ilmiy texnika taraqqiyoti to’g’risida qisqacha to’xtalamiz.
Fan-texnika taraqqiyoti fan sohasidagi ishlab chiqarish qurollari, texnologiya, boshqarish va boshqa ko’’gina o’zgarishlarni o’z ichiga oladi. Hozirgi davrda fan-texnika tez sur’atlar bilan taraqqiy qilmoqda va u ilgarigi texnika taraqqiyotiga qaraganda birmuncha afzalliklarga egadir.
Hozirgi davrdagi fan-texnika taraqqiyoti afzalligi shundaki, ilg’or mamlakatlarda fan yangiliklari tezlik bilan ishlab chiqarishga joriy qilinadi, binobarin fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanib boradi.
Hozirgi davrdagi ishlab chiqarishning texnik bazasini mustahkamlash elektronika, radioelektronika, telemexanika, atom energiyasi, ximiya va boshqa fanlarning erishgan yutuqlari bilan bevosita bog’liqdir.
Xullas fanning erishgan yutuqlari ishlab chiqarishning taraqqiyoti uchun va uning iqtisodiy samaradorligi uchun cheksiz imkoniyatlar ochib beradi. Shuning uchun ham O’zbekiston davlati fan-texnika taraqqiyotiga katta e’tibor berib, uni keskin jadallashtirishni, texnikaning eng yuqori unumdor va samaradorlikni ta’minlovchi yangi turkumlarni, ‘rinsti’ial jihatdan yangi texnologiyalarni keng joriy etish vazifasini qo’ymoqda. Fan taraqqiyotining natijasi va uning ishlab chiqarish bilan yaqinlashishining muhim belgisi takomillashgan, chidamli va unumli mehnat qurollari va ‘redmetlarini vujudga keltirish va ishlab chiqarishga joriy qilish hisoblanadi. Ishlab chiqarishga yangi unumli mehnat qurollari va sifatli mehnat ‘redmetlari qancha ko’’ kirib kelsa jonli mehnat shuncha ko’’ mehnat vositalarini harakatga keltiradi va ko’’ iste’mol qiymati yaratadi. Davlatning investistiya siyosati resurslarni fan-texnika taraqqiyotining ilg’or sohalari bo’lgan aviastiya, mashinasozlik sanoatini, informatika, elektronika, atom energetikasi, ishlab chiqarish sohalarini kom’leks mexanizastiyalash, avtomatlashtirish, yangi materiallarni yaratish va bularga ishlov berish texnologiyasi singari muhim yo’nalishlariga jalb qilishga qaratilgandir. Shuning uchun ham fan-texnika taraqqiyotining evolyustion va revolyustion shakllarini farqlamoq lozim. Fan-texnika taraqqiyotining evolyustion shaklda rivojlanishi deganda, uning mavjud texnologiyasi asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizastiyalash asosida rivojlanishi tushuniladi.
Revolyustion shaklda rivojlanishi deganda esa, fan-texnikaning bir qancha sohalarida birdaniga katta o’zgarishlar bo’lib, texnikaning eng so’nggi yangiliklarini, avlodlarini ichlab chiqarishda qo’llash, ‘rinsti’ial yangi texnologik tizimga o’tish tushuniladi. Fan-texnika taraqqiyotining keyingi shaklda rivojlanishi yuksak samara beradi. Shuning uchun ham O’zbekiston Res’ublikasining ‘rezidenti I.A.Karimov o’zining asarlarida iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini hozirgi zamon fan va texnikasining eng yangi yutuqlari bilan qayta qurollantirish lozimligini ta’kidlamoqda. Buning uchun avvalom bor texnika taraqqiyotining asosini tashkil etuvchi ishlab chiqarishning hamma sohalarini yangi, unumdor, arzon texnika bilan qurollantiruvchi mashinasozlikni rivojlantirishga e’tiborni qaratmoq lozimdir.
Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, biznesni yuritish shart sharoitlari erkin bozor iқtisodiyoti talablari va tamoyillariga, umum қabul қilingan xalқaro mehyor va standartlariga tўliқ darajada moslashtirish maқsadida, tadbirkorlik faoliyati uchun қulay shart sharoitlar yaratish maқsadida Ўzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 18 iyuldagi “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora- tadbirlari tўg’risida”gi 4455-sonli Farmoniga kўra 2012 yil 1 avgustdan boshlab, tadbirkorlik faoliyati uchun shart-sharoitlarni yanada yaxshilashga ўnaltirilgan aniқ 22 ta mehyor va tadbirlar joriy қilindi, қonunchilikni takomillashtirish va ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilashga hamda tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berishga yўnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish bўyicha 2013-2014 yillarda joriy etiladigan kompleks chora-tadbirlar Dasturi tasdiқlandi. Ўzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 16 iyuldagi «Statistik, soliқ, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan қisқartirish chora-tadbirlari tўg’risida»gi 4453-sonli Farmoni bilan nafaқat kichik biznes, balki barcha xўjalik yurituvchi subhektlar uchun yengilliklar joriy etildi.
Bunga asosan, joriy yilning 3-choragidan boshlab, yirik korxonalar uchun 2 ta moliyaviy hisobot shakllari, yahni Asosiy vositalar harakati tўg’risidagi hisobot (3-shakl) hamda Debitorlik va kreditorlik қarzlari tўg’risidagi mahlumotnoma (2a-shakl), kichik korxonalar uchun 1 ta – Debitorlik va kreditorlik қarzlari tўg’risidagi mahlumotnoma (2a-shakl) bekor қilindi.


Yüklə 66,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin