Қuyidagi 4 ta soliқ hisobotlari barcha soliқ tўlovchi yuridik shaxslar tomonidan yilda bir marotaba taқdim etilishi belgilandi: ►jismoniy shaxslarga hisoblangan daromadlar rasshifrovkasi;
► jismoniy shaxslarning soliқ solishdan ozod etilgan daromadlari rasshifrovkasi;
► suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliқ hisob-kitobi;
► yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliқ hisob-kitobi.
Bundan tashқari, 2013 yil 1 yanvardan boshlab, soliқ organlariga taқdim etiladagan 11 turdagi soliқ hisobotlari va boshқa mahlumotlarni birlashtirib, 5 taga tushirilishi belgilandi.
Jumladan, foyda solig’i bilan obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i, yagona ijtimoiy tўlov bilan fuқarolarning byudjetdan tashқari Pensiya jamg’armasiga sug’urta badali, shuningdek byudjetdan tashқari Pensiya, Yўl hamda Tahlim va tibbiyot muassasalarini rekonstruktsiya қilish, mukammal tahmirlash va jihozlash jamg’armasiga majburiy ajratmalar bўyicha hisobot shakllari birlashtirildi.
SHuningdek, 4 ta faoliyat turlari bўyicha litsenziyalar cheklanmagan muddatga beriladigan bўldi va 10 ta litsenziyalanadigan faoliyat turlari birlashtirilib, 6 taga tushirildi.
Masalan, nashriyot faoliyati, қurilish loyihalarini ekspertizadan ўtkazish, arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiқish faoliyatlari uchun litsenziyalarni cheklanmagan muddatga berilishi shular jumlasidandir.
2013 yil 1 yanvardan boshlab: - қўshimcha foyda solig’idan tashқari, barcha soliқ turlari va boshқa majburiy tўlovlar bўyicha oyma-oy soliқ hisobotini taқdim etish bekor қilinishi;
- mikrofirmalar yillik statistik hisobot taқdim etishi, bunda statistika organlari har chorakda tegishli faoliyat yўnalishlari va sohalari bўyicha tanlanma ўrganishlar ўtkazishi belgilab қўyildi.
Farmon bilan 2014 yilning oxiriga қadar barcha tadbirkorlik subhektlaristatistik, soliқ va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga tўla hajmda bosқichma-bosқich ўtishi belgilandi.
Raқamlarga murojaat қiladigan bўlsak, Respublika bўyicha joriy yilning 1 avgust holatiga hisobot taқdim etish majburiyatiga ega korxonalarning 88 foizi soliқ idoralariga hisobotlarni elektron kўrinishda taқdim etib, ўtgan yilning shu davriga nisbatan 2,1 barobarga kўpayishiga erishildi.
Bu esa mamlakatimizda ishlab chiқarishni yanada rivojlanishidan dalolat beradi.
Xulosa 1. Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar umumiy ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy negizini tashkil etib, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarning tavsifini belgilab beradi. Shuning uchun ularni o’rganish o’ta zarur hisoblanadi.
2. Insoniyat zarur ne’matlarni iste’mol qilmasa yashay olmaganidek, bu ne’matlarni ishlab chiqarmasdan ham turolmaydi. Ishlab chiqarish va xizmat qilish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy vositalar yaratiladi.
3. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari – er, ka’ital, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo’lib, ular o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatadi. Birining o’zgarishi ikkinchisining o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadi.
4. Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo’ladi, lekin ular ichida jonli mehnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo’lib, u barcha ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi, ularga «jon kirgizadi», asosiy ka’ital qiymatining yo’qolib ketmasligini ta’minlab, yangi yaratilgan tovar va xizmatlarga o’tkazadi. Va nihoyat, bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga keladi.
5. Yangi vujudga kelgan tovar va xizmatlar ikki xil xususiyatga – naflilik va qiymatga ega bo’lib, ikki tomonlama hisobga olinadi: natural-ashyoviy (naflilik) tomonidan va qiymat tomonidan. Natural-ashyoviy tomondan u uch qismga: ishlab chiqarish vositalari, iste’mol buyumlari va turli xizmatlarga bo’linadi. Qiymat tarafidan ham uch qismga: iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati (s), zaruriy mahsulot qiymati (v) va qo’shimcha mahsulot qiymati (m)ga bo’linadi.
6. Bundan 100 yildan oshiqroq ilgari marjinalistlar tomonidan kashf qilingan va iqtisodiyotning universal qonuni deb atalgan qonun – «keyingi qo’shilgan omil (qo’shilgan ka’ital, qo’shilgan mehnat) unumdorligining ‘asayib borish qonuni» ko’r-ko’rona isrofgarchilikka, ortiqcha xarajatlarga yo’l qo’yilmasa, hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti sharoitida amal qilmaydi.