O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Psixologiya fannining prinsiplari va tarmoqlari



Yüklə 134,67 Kb.
səhifə2/6
tarix02.12.2023
ölçüsü134,67 Kb.
#137292
1   2   3   4   5   6
kurs ishi Microsoft Word

Psixologiya fannining prinsiplari va tarmoqlari. Hozirgi zamon psixologiya fanining quyidagi prinsiplarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: determinizm printsipi, ong va faoliyat birligi printsipi, psixikaning faoliyatda rivojalanish printsipi. Determinizm printsipiga ko‘ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va yashash sharoiti o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Agar, hayvon psixikasi haqida gapiradigan bo‘lsak, uning taraqqiyoti biologik qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. Inson psixikasining taraqqiyotiga esa ishlab chiqarish usullari, ijtimoiy tarixiy omillar ta’sir qiladi.
Ong va faoliyat birligi. Ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, ular bir butunlikni tashkil qiladilar. Ong faoliyatning ichki rejasini uning programmasini tashkil etadi. Psixikaning faoliyatda rivojlanishi prinsipiga ko‘ra psixika taraqqiyot mahsuli, faoliyat natijasi deb qaraladi. Faoliyat jarayonida (o‘qish, o‘yin, mehnat) odam ijtimoiy tajribani o‘zlashtiradi, bu esa psixik taraqqiyotning faqat insongagina xos shaklini tarkib toptiradi.
Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va tarmoqlari.Hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan bog‘langan, g‘oyat tarmoqlanib ketgan fanlar tizimidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi asoslar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin. Konkret faoliyatning psixologik tomoni taraqqiyotning psixologik tomoni insonning (taraqqiyot va faoliyat sub‘ekti sifatida) jamiyatga bo‘lgan munosabatning psixologik tomoni. Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo‘yicha psixologiya fanining bir qator sohalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Mehnat psixologiyasi. Mehnat psixologiyasi inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishining psixologik asoslarini o‘rganadi. Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat malakalarining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish, ishlab chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi kabilarning kishiga (mehnatkashga) ta’sirini o‘rganish mehnat psixologiyasining vazifasiga kiradi.Mehnat psixologiyasining taraqqiyoti jarayonida uning tarkibidan bir qancha mustaqil sohalar ajralib chiqdi. Shulardan biri injenerlik psixologiyasi. Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash, ularning vazifalarini muvofiqlashtrish kabi muammolarni o‘rganadi. Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan sistemalarni boshqaruvchi operatorlarning faoliyatini o‘rganadi. Keyingi yillarda mehnat va injenerlik psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib chiqdi.

Yüklə 134,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin