Savdo psixologiyasi.Savdo psixologiyasi–xaridorlar psixologiyasini, talablarini, ularning individual xususiyatlarini hisobga olish, xizmat ko‘rsatishning psixologik omillari, reklamalarni tayyorlash, ularning xaridorga ta’siri kabi masalalarni o‘rgandi.
Yosh davrlari psixologiyasi. Yosh davrlari psixologiyasi- psixik xususiyatlarning yosh davomidagi dinamikasini, psixik taraqqiyot qonuniyatlarini o‘rganadi. Yosh davrlari psixologiyasi quyidagi tarmoqlarga ega: bolalar psixologiyasi, o‘smirlar psixologiyasi, o‘spirin yoshlar psixologiyasi, katta yoshli kishilar psixologiyasi, geranto psixologiya (qariyalar psixologiyasi).
Sotsial psixologiya.Sotsial psixologiya (ijtimoiy psixologiya ham deb yuritiladi) kishilar orasidagi munosabatlarda yuzaga keladigan psixik hodisalarni o‘rgandi. Uning predmeti turli xildagi uyushgan va uyushmagan, rasmiy va norasmiy birlashmalardagi shaxslararo munosabatlarni o‘rganish. Sotsial psixologiya ijtimoiy kayfiyatni, taqlid qilish hodisasini, «psixologik» yuqishni, guruhlardagi tabaqalanish va liderlik hodisalarini o‘rganadi. Shu tartibda psixologiya fanining boshqa sohalarini ham ko‘rib chiqish lozim. Buz ulardan ba’zilarini sanab o‘tish bilan cheklanamiz xolos. Bularga differensial psixologiya, siyosiy psixologiya, iqtisodiyot psixologiya, boshqaruv psixologiyasi, anomal taraqqiyot psixologiyasi va uning tarmoqlari, qiyosiy psixologiya (zoo psixologiya ham deb yuritiladi) va boshqalar.
2. Faoliyat va uning turlari.
Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu o’sha oddiy qo’limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog’liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o’z-o’zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.